“KONSTITUTSIYA – ISLOHOTLARNING HUQUQIY POYDEVORI”


Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi hamkorligida 8-dekabr  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – milliy tiklanish va yuksalish tayanchi” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi .

     8-dekabr  O‘zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Shu munosabat bilan 6-dekabr kuni TTA TFning majlislar zalida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. TTA Termiz filiali O‘quv va ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari kun tartibidagi mavzu bilan ishtirokchilarni tanishtirdi, hamda  o‘z so‘zida yig‘ilganlarni mamlakatimizning Bosh Qomusi bo‘lmish Konstitutsiyamizning 26 yilligi bilan muborakbod qilib, Konstitutsiya – bu, istiqlol va mustaqil O‘zbekiston ramzi, g‘urur-iftixori, shu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, dini, irqi, tilidan qat’i nazar, barcha uchun mustahkam himoya, fuqarolik jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi hujjat ekanligini ta’kidladi. So‘ng so‘z navbatini O‘zMTDP Surxondaryo viloyat Kengashi devon rahbari S.B.Abduraimovga davom ettirdi. 1990 yil 20 iyun kuni Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish jarayonida O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish taklifi ilgari surildi. Shu maqsadda Konstitutsiya komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar, mutaxassislarni o‘zida jamlagan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Adliya vazirligi bu borada ishchi organ etib belgilandi. O‘sha vaqtda mazkur tashkilot rahbaridan biri sifatida Konstitutsiyaning dunyoga kelishi bilan bog‘liq ko‘pchilik jarayonlarda vazirlik xodimlari bilan birga ishtirok etganmiz. Konstitutsiya – qonunlarga asos bo‘luvchi, davlatning huquqiy maqomini belgilovchi muhim hujjatligi bois uni yaratish oson kechmagan. Boz ustiga o‘sha davrda bizda qonunchilik bilan shug‘ullanuvchi institutlar bo‘lmagan, alohida tajriba hali shakllanmagan edi. Shu boisdan har tomonlama yetuk, akademik bilimlarni egallagan olimlar, amaliyotchilar tajribasi asqotgan, desak xato bo‘lmaydi.Jahon tajribasini, demokratiya va eng rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyaviy qonunchiligi erishgan yutuqlarni sinchiklab o‘rganish bilan bir qatorda milliy davlatchiligimizning ko‘p asrlik tarixi, xalqimizning o‘ziga xosligiga alohida e’tibor qaratilgan holda komissiya tomonidan ikki yildan ortiq vaqt mobaynida Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi.Mazkur loyiha hamda rivojlangan davlatlar konstitutsiyalari normalari yonma-yon o‘rin olgan katta tarx Birinchi Prezidentimiz huzurida taqdim qilinar edi. Sinchiklab o‘rganish va boshqa davlatlar tajribasiga nazar solgan holda, u kishi har safar o‘z qo‘li bilan loyihaga o‘zgartirishlar kiritardi, fikrlarini bildirardi. Shu yaxlit loyiha qayta-qayta ishlandi. Nihoyat, Konstitutsiya loyihasi 1992 yil 8 sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.Muhokama jarayonida xalqimiz faol ishtirok etdi. Adliya vazirligi olimlar, deputatlar va mutaxassislar ishtirokida loyihada aks etgan tamoyillar mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali aholiga tushuntirib bordi. Konstitutsiya loyihasi muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi. Muhimi, bu uning keng jamoatchilik ekspertizasidan o‘tishini ta’minladi. 1992 yil 8 dekabr kuni Bosh qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e’tiboran, 8-dekabr  umumxalq bayrami, deb e’lon qilindi. O‘zMTDP Termiz shaxar Kengashi raisi N.Q.Jo‘raeva so‘zga chiqib, Vatanimiz mustaqilligining yigirma yetti yilligi keng nishonlangan joriy yilda Konstitutsiya kuni bayrami ham o‘zgacha ruh va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Zotan, o‘tgan yigirma yetti yil davomida davlatimizning xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topishi, barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish va yuksak marralarga erishish, xalqimiz uchun hech kimdan kam bo‘lmagan farovon hayot barpo etishda asosiy qonunimiz O‘zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasi mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. Oldimizga qo‘ygan bosh maqsadimiz–huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarimiz ham konstitutsiyamizga tayangan holda olib borilmoqda. Eng muhimi, Konstitutsiyamizda inson sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida e’tirof etilgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlardan boshlab ana shu ezgu tamoyil asosida ish olib borilmoqda. Barcha ishlarimiz aholining tinch va faravon hayot kechirishi, dasturxonimiz to‘kin-sochinligi yo‘lida amalga oshirilmoqda deb fikr bildirdi. Tadbir fikr mulohazalarga boy bo‘ldi, filial talaba-yoshlari o‘zlarini barcha qiziqtirtirgan savollariga qoniqarli darajada javob olishdi, hamda tadbirda faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

 

 

 

Comment:
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
TIJ
852147963
789632145
78933434

Whoops, looks like something went wrong.