TABRIK


Xurmatli xamkasblar aziz yoshlar!
Sizlarni O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
 
Bu qutlug` sana mamlakatimizda vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat,mardlik va jasurlik kabi ezgu qadriyatlarni,xalqimizga,buyuk ajdodlarimizning munosib vorislariga hos bo`lgan yuksak fuqarolik fazilatlarini o`zida mujassam etadigan umumxalq bayramidir.
 
Yurtboshimiz tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo`yicha qabul qilingan Xarakatlar strategiyasida yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustaxkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirishni ustuvor yo`nalishlari belgilab berilgan.
 
Uning asosida o`tgan ikki yil davomida mamlakatimiz hayotining boshqa tarmoqlari qatorida harbiy sohada xam tizimli islohotlar amalga oshirildi.
-O`zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi yangilangan holda qabul qilindi
 
-2017 yilda Milliy gvardiya va Mudofaa sanoati bo`yicha davlat qo`mitasi tashkil etildi
-Xarbiy okruglarning tarkibiy tuzilishi va vazifalari tubdan qayta ko`rib chiqildi.
Qo`shnilarni boshqarish tizimi takomillashtirildi,ularni bosqichma-bosqich zamonaviy qurol-yarog` va texnika bilan ta`minlash bo`yicha muhim qadamlar qo`yildi.
 
Mamlakatimizda mudofaa  mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, armiya va xalq birligini ta`minlash borasida joylardagi davlat hokimiyati organlarining rolini oshirish bo`yicha ishlar butunlay yangi sifat bosqichiga ko`tarildi.
 
Xususan,dunyo davlatlari qurolli quchlari reytingida mamlakatimiz qurolli kuchlari 138ta davlatdan 36 o`rinni egallashi islohotlar samarasiga yaqqol isbot bo`la oladi.
Vatan himoyasi,uni asrab-avaylash barchamiz uchun muqaddas vazifadir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasida -O`zbekiston Respublikasini himoya qilish O`zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.
 
Xar bir fuqaro,kim bo`lishidan qat`iy nazar vijdonan o`z vazifasini to`la-to`kis ado etsa-bu Vatan ravnaqi,rivojiga,qolaversa,muhofazasiga qo`shgan xissasidir.
 
O`z o`rnida biz oliy ta`lim tizimi xodimlari oldida etuk kadrlarni tayorlash,ularni ma`nan yuksak fazilatli,ma`naviyatli qilib tarbiyalashimiz oldimizda turgan oldimizda turgan ulkan vazifadir. Bu ishlarni amalga oshirishda barchangizga kuch va g`ayrat tilayman.
 
Xurmatli tadbir ishtirokchilari ,Sizlarni barchangizni,yana bir bor,14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Comment:
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
852147963
789632145
78933434
ssssssssssssssss