“MEHNAT VA BANDLIK SOHASIDAGI ASOS BOʼLUVCHI PRINTSIPLAR VA HUQUQLARGA RIOYA QILISH MASALALARI” MAVZUSIDAGI SEMINAR.


   2019 yilning 25 aprelь kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Mehnat va bandlik sohasidagi asos boʼluvchi printsiplar va huquqlarga rioya qilish masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi.

   Ushbu tadbirda Surxondaryo viloyat prokuraturasi boʼlim prokurori F.X.Xolmurodov, TTА Termiz filiali Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi А.А.Raxmonov, xotin-qizlar qoʼmitasi boshligʼi Z.Paygʼamova oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

 

 

   Maʼruzachilar bugungi kunda mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlashning asosiy maqsadi, davlat tomonidan yangi ish oʼrinlarini yaratish, aholini ish bilan taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi“ 2018-2020 yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining Oʼzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konventsiyalarini amalga oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 407-sonli qarori, uning mazmun-mohiyati, xodimlarni ishga qabul qilish tartibi, ish beruvchi va xodim oʼrtasida mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish tartibi, ularning huquq va majburiyatlari, xodimga beriladigan imtiyozlar, mehnat taʼtili, moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish tartiblari toʼgʼrisida maʼlumotlar berib oʼtdi.

   Maʼruza soʼngida tadbirda ishtirok etayotgan filial professor-oʼqituvchi va talabalari oʼzlarining mavzuga oid fikr-mulohazalarini bildirib oʼtishdi hamda tadbir yakunida ishirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Comment:
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
TIJ
852147963
789632145
78933434