TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TERMIZ FILIALI PROFESSOR-OʼQITUVCHILARI VA XODIMLARI OʼRTASIDA  “BIZ SOGʼLOM TURMUSH TARAFDORIMIZ” SHIORI OSTIDAGI SPORT MUSOBAQALARI O'TKAZILDI


Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-oʼqituvchilari va xodimlari oʼrtasida  “Biz sogʼlom turmush tarafdorimiz” shiori ostidagi Sport oyligi davomida  oʼtkazilgan sport musobaqalari tadbiri toʼgʼrisida

 Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
15 apreldagi bayonida 2019 yil may oyi respublikamizda “Sport oyligi” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan filialda musobaqalar davom etmoqda.
2019 yil 25 may kuni filialning kafedralararo jamoalari sportning mini futbol turi boʼyicha musobaqada qatnashdi.

Mini futbol musobaqasi qizgʼin davom etdi. Unda professor-oʼqituvchilar va hodimlar ishtirok etdi.

Musobaqalar yakuniy natijalariga koʼra “Eng yaxshi sport jamoasi” nominatsiyasi boʼyicha davolash fakulteti jamoasi gʼolib boʼlishdi.

Filialda professor-oʼqituvchilar va xodimlar orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki sport kishilar salomatligini mustahkalash, barkamol avlodni tarbiyalashda asosiy omildir. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuygʼularini shakllantirishda ham muhim oʼrin tutadi.
Sportni sogʼlom turmush tarzining asosiy omili deb baholaymiz. Shu nuqtai nazardan yondoshadigan boʼlsak, har bir sport turi salomatligimizning taʼminlanishida oʼz oʼrni, oʼz ahamiyati bor.

Futbol, voleybol, basketbol, qoʼl toʼpi murakkab vaziyatlarga tezda oqilona yechim topish layoqatini, chidamlilik, chaqqonlikni oshiradi. Boshqa sport turlari ham salomatligimizga koni foyda ekanligi tajribada yaqqol oʼz isbotini topgan.

Bir narsani aslo unutmasligimiz lozim. «Sogʼlom millat-sogʼlom kelajak» yoʼnalishi boʼyicha amalga oshirilayotgan dasturiy vazifalar asosida imkoniyati cheklangan bolalar oʼrtasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish hamisha diqqat markazda turadi.
“Sport oyligi” doirasida oʼtkazilgan musobaqalar gʼoliblari filial maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliq va estalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

 

 

v

 

Comment:
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
abutr
TIJ
852147963
789632145