TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TERMIZ FILIALINING “MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI”MAVZUSIDAGI TADBIRRI BO‘LIB O‘TDI.


Shu munosabat bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida ushbu tadbir keng nishonlandi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori N.A.Diyarov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berdi hamda “Vatan ximoyachilari kuni” bilan barchani tabrikladi: Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Mamlakatimizning mard, shijoatli, o‘ktam yigitlari armiya xizmatidan zahiraga bo‘shatilganlaridan keyin ham harbiy xizmatdagi kabi g‘ayrat-shijoat bilan yurt ravnaqi yo‘lida turli sohalarda jumladan tibbiyotda fidokorona mas’uliyat bilan mehnat qilmoqdalar. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Filialimiz nomidan barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklayman hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik tilab qolaman. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘liq bo‘lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo‘lishi uchun har doimgidek o‘z kuch-g‘ayratingizni ayamang! Bayramingiz muborak!!!
So‘ng tadbirni filialning “Med stars” nomli QVZ jamoasi va Davolash fakulteti 208 gurux talabalari davom ettirdi.
Filial talabalari tomonidan marsh amalga oshirilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi madxiyasi jarangladi. QVZ jamoasi tomonidan namoyish etilgan, sport chiqishlari, jangovar mashqlar, talaba qizlar ijro etgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarda katta ta’surot qoldirdi va barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Vatanni ko‘z qorachig‘ini asragandek asrash — haqiqiy mard o‘g‘lonning burchi, muqaddas va sharafli vazifasidir. Har bir mard yigit shunday sharafli tuyg‘u asosida yashashi, kerak bo‘lsa, nafas olishi shart. Fiilialda o‘tkazilgan tadbirdan bilagi kuchga to‘la, Vatan madhini g‘urur bilan aytayotgan mard va jasur yoshlar ko‘pligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Yuragim faxr tuyg‘usini tuydi. Vatan himoyasiga shay mard o‘g‘lonlar safi kengayaversin-deydi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.A.Raxmonov.
Bayramona tus olgan filial hovlisida tashkil etilgan ushbu tadbir haqiqiy “Vatanparlik festivali”ga aylanib ketdi. Bir-biridan qiziqarli chiqishlar olqishlar bilan qarshi olindi.
Ushbu bayram tadbiri talaba-yoshlarni Vatanga muxabbat, istiklol goyalariga sadokat, xarbiy vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga xizmat kilishi, milliy armiyamiz saflariga o‘z burchlarini o‘tash ishtiyoqini yanada kuchaytirishi shubxasiz.

 

Comment:
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
5444444444444444444444444444444444444
1223233323232322