''XALQARO BAHSHICHILIK SAN'ATI FESTIVALI SURXONDARYODA

Dunyo tamadduni beshiklaridan bo'lmish qadimiy Surxon vohasida katta tantana. Muhtaram yurtboshimiz Sh. Mirziyoyevning 2018 yil 1 noyabrdagi ''Xalqaro bahshichilik san'ati festivalini o'tkazish to'g'risida''gi qarori ijrosi doirasida Termiz shahridagi Muhtasham san'at saroyi atrofida katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Respublikamizning barcha viloyatlaridan, dunyoning ko'plab davlatlaridan san'atsevar mehmonlar tashrif buyurmoqda. Viloyat hokimligi mas'ullari, bir guruh yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari qatori Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining o'qituvchi va talabalari Termiz xalqaro aeroportida bo'lib, tashrif buyurgan mehmonlarni katta xursandchilik va gullar bilan munosib kutib olishdilar.

 

Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
abutr
TIJ
852147963
789632145