“KLINIKAGACHA BO‘LGAN FANLARNING TIBBIY TA’LIMDAGI O‘RNI. ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN


 Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tomonidan joriy yilning 11 aprel kuni Termiz shahridagi “Matbuot uyi”da “Klinikagacha bo‘lgan fanlarning tibbiy ta’limdagi o‘rni. Ilg‘or xorijiy tajribalar” nomli xalqaro ilmiy−amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan mazkur anjuman doirasida tibbiyot hodimlari sohani rivojlantirish, aholining reprоduktiv salomatligini mustahkamlash, qolaversa tibbiyot hodimlarini o‘qitishda xorijiy tajribalarni qo‘llashning samarali jihatlari haqida so‘z yuritishdi.

Mazkur konferensiyada Respublikamizning yetakchi tibbiyot muassasalaridan, hamda Ozorbayjon davlat Tibbiyot universiteti, Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat Tibbiyot universitetidan professor-o‘qituvchilar, qolaversa Surxondaryo viloyatining shifoxonalarida faoliyat olib borayotgan malakali tibbiyot hodimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Anjuman davomida soha mutahassislari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va ilg‘or horijiy tajribalarni Surxondaryo viloyatida amaliyotga  tadbiq etish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Anjuman yakunlangach, Termiz shahriga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tarihiy obidalarga sayohat uyushtirildi.

Comment:
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
abutr
TIJ
852147963
789632145