TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TERMIZ FILIALI TALABALARI O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQINING IMTIYOZLI SERTIFIKATLARINI OLISHGA MUYASSAR BO‘LISHDILAR.


Hammamizga ma’lumki prezidentimiz tomonidan biz yoshlarga juda ko‘p imkoniyatlar yaratilmoqda. Shunday imkoniyatlardan biri O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o‘rtacha o‘zlashtirishi 86% dan yuqori bo‘lgan hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tab imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun to‘lov kontrakt summasining 35% to‘lab berilishi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli Farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yildan boshlab O‘zbekiston yoshlar ittifoqini Oliy ta’lim muassasalarida a’lo baholarda taxsil olib, tashkilotning faol a’zosi bo‘lgan talaba-yoshlarga bir yillik to‘lov kontrakt summasining 35% qismi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lanib kelinmoqda.

Joriy o‘quv yilida ham ushbu imtiyozga Surxondaryo viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining 71 nafar talabasiga jami 222 675 595 (ikki yuz yigirma ikki million olti yuz yetmish besh ming besh yuz to‘qson besh) ming so‘m miqdordagi to‘lov pullari to‘lab berildi. Ana shu yoshlarning 4 nafari Toshkent tibbiyot akademiyasi  Termiz filiali talabalaridir.

Bugun davlatimizda biz yoshlarga keng imkoniyatlar berildi, men ham shunday imkoniyatlardan foydalangan holda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining bir qancha loyihalarida ishtirok etdim. Meni faolligim bugun e’tirof etildi. Ota-onam bugun juda xursandlar, ularning ishonchini oqlash mening xayotdagi eng oliy maqsadimdir,
- deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi  Termiz  filiali talabasi Marjona G‘aybillaeva

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Sh.Olimov sertifikatlarni olishga muyassar bo‘lgan yoshlarga qarata shunday dedi:
-Bugun 71 ta oilada quvonchli kun, zero sizlarning tinimsiz mehnatlaringiz o‘z samarasini berib, ota-onalaringizga sovg‘a ulashmoqdasizlar, desam xech mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Comment:
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
abutr
TIJ
852147963
789632145