VAZIR BILAN UCHRASHUV


Innovatsion rivojlanish vaziri Ibroxim Abduraxmonov Surxondaryo viloyatida bo‘lib, Termiz davlat universitetida talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuvda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining o‘qituvchi va talabalari ham ishtirok etdilar. Oliygohda u respublikada sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan innovatsiyalar va ilm-fanni rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotganliklari haqida so‘zlab berdi.

-  Bugun biz talabalar Innovatsion rivojlanish vaziri Ibroxim Abduraxmonov bilan uchrashuvda, ular bilan samimiy muloqotda bo‘ldik, deydi TTA Termiz filiali talabasi G‘aybilloyeva Marjona . -  U kishidan juda ko‘p qimmatli ma’lumotlar, tavsiya va maslahatlar oldik. I. Abduraxmonovning qimmatli fikrlari va e’tiborga molik so‘zlarini inobatga olib, kelajakda o‘z kasbimning ustasi bo‘lish uchun o‘z bilim va mahoratimni ishga solaman, deb o‘z oldimga qat’iy qaror qildim.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga uchrashuv mehmoni bo‘lmishi Ibroxim Abduraxmonovdan javob oldilar. Tashkil etilgan ushbu uchrashuv surxondaryolik talabalar qalbida uzoq muddatgacha saqlanib qoladigan bo‘ldi.

TTA Termiz filiali matbuot xizmati

 

Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
abutr
TIJ
852147963
789632145