TIBBIYOT DАXOLАRI BILАN UCHRАSHUV


Bugun eng oliy boyligimiz sanalgan xalqimiz salomatligini saqlashdek, oʼta masʼuliyatli va sharafli kasb egalari boʼlgan tibbiyot hodimlariga ishi tushmagan insonning oʼzi boʼlmasa kerak. Kuni kecha Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hamda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda oʼtkazilgan “Kasbim faxrim” nomli yoshlar bilan ochiq muloqotda Surxondaryo tibbiyot sohasining daxolari, yoshlarga oʼrnak va namuna boʼladigan shifokorlar ishtirok etishdi. Taʼlim muassasalari bitiruvchilarini tibbiyot kasbiga yoʼnaltirish maqsadida tashkil etilgan ushbu uchrashuv qiziqarli va boy taasurotlarga boy boʼldi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizning eng yuksak mukofoti “Oʼzbekiston Qaxramoni” unvoni sohibi, “Dunyoning eng yaxshi shifokori” deya eʼtirof etilgan viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazi oftalьmologi, samimiy va kamtarin inson Raxmon Muxammadiev oʼzlarining Yevropa mamlakatlarida orttirgan tajribalari,

 

“Sogʼlom avlod uchun” I va II darajali ordeni sohibi shifokor neonatolog Ilmira Latipova va “Doʼstlik” ordeni sohibi shifokor nevrolog Muqaddas Xamraeva boʼlajak shifokor qizlarimizga ayol shifokorlarning ikki karra masʼuliyati, “Doʼstlik” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari sohibi bolalar xirurgi Ergash Iskandarov oʼzlarining ilk jarroxlik operatsiyalaridagi hayajoni, talabalik davri xotiralari haqida, 

 

 

viloyat Sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi B.Shukurov Surxondaryoning tibbiyot sohasidagi istiqbolli rejalari, TTА Termiz filiali direktori oliy toifali bolalar jarroxi Nozim Аxmedovich Diyarov filialga bu yilgi qabul jarayonlari hamda filialdagi shart sharoitlar haqida, 

Oʼtan-Polvon xususiy klinikasi direktori, oliy toifali jarroh Аbdujalol Mengliev xususiy klinikalarni ochishda yurtimizdagi imkoniyatlardan foydalanish usullari, Viloyat teri-tanosil kasalliklar dispanseri bosh vrachi, viloyatimizning eng yosh bosh vrachi Xurshid Maxmatkulov rahbarlik masʼuliyati va yuksaklikka intilish sirlari, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Sherzod Olimov tibbiyot hodimlari bilan hamkorlikda 30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan hududlarda chuqurlashtirilgan tibbiy hayriya aktsiyasini tashkil qilish taklifi haqida soʼzlab oʼtdi.

Umuman olganda bu kabi uchrashuvlar yoshlarga tibbiyotga qiziqish borasida katta motivatsiya berdi.

 

 

Comment:
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
abutr
TIJ
852147963
789632145