TOSHKENT TIBBIYOT АKADEMIYASI TERMIZ FILIALIDA 5 TA MUXIM TASHABBUS BOʼYICHA SEMINAR OʼTKAZILDI.


Oʼqituvchi va talabalar kengashishdi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koʼtarilgan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha 5 ta tashabbusning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filialida tadbir tashkil etildi. Unda professor-oʼqituvchilar va talabalarga ishtirok etdilar.

TTА Termiz filiali 1-tibbiy biologik fanlar kafedrasining maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʼyicha masʼul xodimi А. Babamuratov oʼz maʼruzasida “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koʼtarilgan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etishboʼyicha 5 ta tashabbus yuzasidan oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida amalga oshiriladigan ishlar Dasturi” haqida toʼxtalib oʼtdi.

Oʼquvchi-talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik gʼoyalariga sodiqlik, milliy oʼzlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, elektron asarlarni oʼqishga boʼlgan qiziqishini yanada oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, «ommaviy madaniyat» va boshqa yot gʼoyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida TTА Termiz filiali pedagoglar va oʼquvchilar jamoasi turli tadbirlar kechalar, sport musobaqalari tashkil etishni rejalashtirib oldilar.

Shuningdek, oliy taʼlim muassasasida kompьyuter texnologiyalari boʼyicha oʼquv kurslari, internet va media madaniyatini shakklantirish uchun semenar-treninglar, “Yosh targʼibotchilar” virtual klublari faoliyatini yoʼlga qoʼyiladigan boʼldi. Talabalarni universitet hayoti bilan yaqindan tanishtirib borish maqsadida uning veb-saytida fakulьtetlar bloglarini yaratish, shuningdek, ushbu blog orqali talabalarning onlayn muloqoti va muhokamalarini yoʼlga qoʼyish hamda kitobxonlik targʼiboti davom ettiriladigan boʼldi.

 

Comment:
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
abutr
TIJ
852147963
789632145