HASHAR ELGA YARASHAR


   Xalqimiz azaldan bayramlarni, qutlugʼ kunlarni oʼzgacha tayyorgarlik bilan qarshilaydi. Аvvalo, koʼcha va guzarlarni, hovlilarni tartibga keltirib, tozalik va orastalikni bosh masala qilib qoʼyadi. Kun sayin yaqinlashayotgan ulugʼ ayyom –Mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida xalqimizning ana shu ezgu anʼanasi umumxalq hashari koʼrinishida butun respublikamiz boʼylab uyushqoqlik bilan oʼtkazilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 avgustdagi farmoyishiga binoan joriy yilning avgust oyi mamalakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 17-18 avgust umumxalq xayriya hashari kunlari, deb eʼlon qilindi.
              

Erta tongdan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi ham bu galgi hasharga oʼzgacha kayfiyatda yetib kelishdi. Filial atrofi, ichki taraflari yanada obodonlashtirildi. Xususan, hasher kunlarida ariq va zovurlar tozalandi, chiqindilar tashkiliy ravishda chiqarib tashlandi. Daraxtlar oqlanib, gullar begona oʼtlardan tozalandi. Har bir fakultetlar oʼziga ajratilgan hududlarni obodonlashtirib, chor atrofning koʼrkiga koʼrk qoʼshdilar.

Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
TIJ
852147963
789632145
78933434