MUSTAQILLIK VA MAHORAT DARSLARI DAVOM YETMOQDA


   Mustaqillik bayrami Surxon vohasida oʼzgacha shukuh, koʼtarinki ruhda qarshi olindi. Ayniqsa, ushbu qutlugʼ ayyom arafasida yangi oʼquv yilining boshlangani oʼquvchi va talaba yoshlar uchun qoʼshaloq bayram boʼldi deyish mumkin. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga talabalik baxtiga musharraf boʼlgan yoshlar “Bilimlar kuni”ga bagʼishlangan tadbirni oʼtkaziboq, “Jonajon Oʼzbekiston mangu boʼl omon” shiori ostida oʼtkazilgan “Mustaqillik darsi”ga kirdilar. Darslarni filial oʼqituvchilari oʼtib berdilar.


   Shuningdek, hali hamon joylarda islohotlar samaradorligini taʼminlash, oʼqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, taʼlim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qoʼllash ishlarini tashkillashtirish maqsadida TTA Termiz filialining bir guruh oʼqituvchilari Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida joylashgan oʼquv muassasalarida uchrashuvlar, mustaqillik soatlari oʼtkazib kelmoqdalar.


   Tumandagi 7-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori T. Bobomuratov, kimyo fani katta oʼqituvchisi F.А.Umarov va TTА Termiz filiali mas'ul xodimlari oʼquvchilar bilan rektor soatlari oʼtkazdilar.


   26-umumta'lim maktabida TTА TF tibbiy biologiya fani assistenti F. Sharipova ishtirokida biologiya, tibbiy kimyo fani assistenti D. Аmanova kimyo fanidan maxorat darsi oʼtib berdi.


   Tumandagi 11-sonli maktabda TTА Termiz Filiali direktor oʼrinbosari E. Berdiev sportchi oʼquvchilar bilan uchrashdi. Tashkil yetilgan uchrashuv va mahorat darslari Muzrabotllik oʼquvchi yoshlarga manzur boʼldi. Oʼquvchilarning koʼpchiligida kimyo va biologiya fanlariga qiziqish uygʼondi. Ajabmas, ayni shu yigit-qizlardan kelajakda yurt koriga yaraydigan, xalq dardiga darmon boʼladigan shifokorlar yetishib chiqsa…
   TTA Termiz filiali matbuot xizmati

Comment:
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
TIJ
852147963
789632145
78933434

Whoops, looks like something went wrong.