2019-YILDAGI QO‘SHIMCHA DAM OLISH KUNLARI BELGILANDI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Prezident farmoni bilan 2019 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini ta'minlash maqsadida dam olish kunlari belgilandi.

2019 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari:
2 yanvar – chorshanba;
22 mart – juma;
2 sentabr – dushanba.

2019 yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chiriladi:
5 yanvar – shanba 3 yanvar – payshanbaga;
1 iyun – shanba 6 iyun – payshanbaga;
7 sentabr – shanba 3 sentabr – seshanbaga;
28 dekabr – shanba 31 dekabr – seshanbaga.

- byudjyet tashkilotlarida ushbu Farmonning 1-bandida belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini uch ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi;

- har yilgi mehnat ta'tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta'tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu Farmonda belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlari qo‘shiladi;

- har yillik mehnat ta'tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak;

-byudjyet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq qo‘shimcha dam olish kunlari mehnat ta'tiliga qo‘shimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.

Manba: Kun.uz

Comment:
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
852147963
789632145
78933434
ssssssssssssssss