SHAVKAT MIRZIYOYEV 2019-YILNI “FAOL INVESTITSIYALAR VA IJTIMOIY RIVOJLANISH YILI” DEB E’LON QILDI


Ushbu murojaatnoma “O‘zbekiston” va “O‘zbekiston 24” telekanallari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etilmoqda.

Davlat rahbari o‘z so‘zining avvalida o‘tayotgan yilda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaldi.

“Buyuk yurtdoshimiz Imom Buxoriy hazratlari o‘z kitobida keltirgan ‘Barcha ezgu amallar niyatga bog‘liq, har bir kishiga, faqat niyat qilgan narsasi beriladi’ degan hadisda, albatta juda chuqur ma’no bor. Biz 2018-yilga ‘Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili’ deb nom berib, Davlat dasturi doirasida, 21 trillion so‘m va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyihani amalga oshirganimiz, o‘tgan yili yaxshi niyat bilan boshlagan ishlarimiz natijasini ko‘rsatib turibdi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev kirib kelayotgan yangi — 2019-yilni O‘zbekistonda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilishni taklif etdi. O‘zbekiston Prezidentining bu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Aholining real umumiy daromadlari 2017-yilga nisbatan 12 foizga oshgani qayd etildi. Soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan hududlarda 5,5 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ qoldirilgani, bu o‘tgan yilga nisbatan 6 barobar, 2016 yilga nisbatan esa 32 barobar ko‘p bo‘lganiga e’tibor qaratildi.

“Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar doirasida joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes loyihalari amalga oshirilgan. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari natijasida 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabr kuni mamlakat tarixida birinchi marta Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etgan edi.

Manba: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Comment:
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
5444444444444444444444444444444444444
1223233323232322