PREZIDENT QARORI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta'lim sohasidagi navbatdagi qarori imzolandi. Hujjat matni O‘zAda keltirilgan.

Qaror xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qabul qilingan.

Hujjatga ko‘ra, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish vazirliklar va idoralarning maqsadli buyurtmalari asosida Jamg‘arma mablag‘lari (Jamg‘arma stipendiyalari) hisobidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: 
ta'lim; 
fan va ilmiy tadqiqotlar; 
sog‘liqni saqlash; 
davlat boshqaruvi; 
iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari. 

2019-2021 yillarda Jamg‘arma stipendiyalari hisobidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish dasturlari bo‘yicha o‘qishga yuboriladigan kadrlarning prognoz miqdori 3-ilovaga muvofiq 4 000 o‘rindan kam bo‘lmagan miqdorda, Jamg‘arma stipendiyalariga ajratilgan umumiy o‘rinlarning 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini magistratura va doktoranturada o‘qish uchun ajratilishi ma'qullangan.

Vazirliklar va idoralar har yili 1 avgustga qadar jamg‘arma dasturlari bo‘yicha xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazishga buyurtmalar portfelini shakllantiradi, shuningdek, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazishning ustuvor yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha takliflarni Jamg‘armaga kiritadi, shuningdek, eng yaxshi tayyorlangan nomzodlarni Jamg‘armaning tanlovida ishtirok etishlari uchun tavsiya qiladi.

Jamg‘armaning Vasiylik kengashi Jamg‘arma stipendiyalarini olish uchun yo‘nalishlar bo‘yicha nomzodlarni tanlov asosida saralab olish yuzasidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazishning ustuvor mutaxassisliklarini tasdiqlaydi, nomzodlarni tanlov asosida saralab olishning tegishli darajasi va sifatini ta'minlash maqsadida tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha ajratilgan o‘rinlarni qayta taqsimlash bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. 

Jamg‘armaning Vasiylik kengashiga: 

- ko‘zda tutilgan limitlar doirasida Jamg‘arma stipendiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda qo‘shimcha tanlovlarni e'lon qilishga; 

- alohida vazirlik va idoralar xodimlari kasbiy faoliyatining zarurati hamda o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda Jamg‘arma stipendiyalariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritishga; 

- xalqaro tan olingan tashkilotlar reytingiga ko‘ra jahondagi eng yaxshi 500 talik yoki tanlangan fan yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi 200 talik ro‘yxatiga kirgan xorijiy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarning magistraturasi yoki doktoranturasiga mustaqil tarzda kirgan va ta'lim olayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga Jamg‘arma stipendiyalarini ajratish bo‘yicha qarorlar qabul qilishga; 

- Jamg‘arma xarajatlari parametrlarida xorijiy hamda mahalliy ta'lim va ilmiy muassasalari bilan birgalikda tashkil etiladigan ta'lim va tadqiqot loyihalarini, shu jumladan, Jamg‘arma stipendiyalariga nomzodlarni xorijiy tillarga o‘qitish dasturlarini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni ko‘zda tutishga ruxsat berilgan.

Vazirlik va idoralar ikki hafta muddatda 2019 yil uchun ajratilgan o‘rinlardan kelib chiqib, xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazishning ustuvor yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha asoslangan takliflarni Jamg‘armaga taqdim etadi. 

Jamg‘arma Vasiylik kengashi ikki oy muddatda Bir nomzodga ajratiladigan Jamg‘arma stipendiyasining chegaraviy o‘lchami va moliyalashtirish tartibini belgilash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Jamg‘arma, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019 yilning 1 martiga qadar Jamg‘arma stipendiyalarini olishga nomzodlarni, ayniqsa, respublika hududlarida xorijiy tillarga o‘qitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqadi. 2019 yilning 1 aprelidan boshlab Jamg‘arma stipendiyalarini olishga nomzodlarni xorijiy tillarga (ingliz, nemis, fransuz va boshqalar) o‘qitish maxsus dasturlari asosida maqsadli kurslarni tashkil etish choralarini ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 2019 yilda Jamg‘arma dasturlari bo‘yicha xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazishni moliyalashtirish uchun 3 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratadi, Jamg‘armaning asoslangan talabnomalari bo‘yicha xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish xarajatlarini moliyalashtirishni ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan investitsion bitimlarga investorlarning investitsiyalari obekti bo‘lgan tashkilotlar uchun xorijda kadrlarni (mutaxassislarni), shu jumladan, Jamg‘armaning ta'lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish yo‘li bilan tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazishni moliyalashtirish bo‘yicha majburiyatlari kiritilishini amaliyotga tatbiq etadi, Jamg‘arma hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Jamg‘arma dasturlari doirasida xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazishni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarining uzoq muddatli grant mablag‘larini jalb etish masalasini ishlab chiqadi va natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflarni kiritadi. 

Jamg‘arma xorijda ta'lim oladigan stipendiatlarning dastlabki miqdorini aniqlab, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha aniq takliflarni bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kiritishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan birgalikda Jamg‘armaga quyidagi masalalar yuzasidan ko‘mak berilishini ta'minlaydi: 
- xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar davlat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatish hamda ularni kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish; 
- respublika mutaxassislarini xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazishga yuborish; 
- hamkorlar izlash hamda Jamg‘arma stipendiatlarini o‘qitish uchun xorijiy mamlakatlar yetakchi universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik to‘g‘risida tegishli bitimlarni tuzish; 
- bir yilda kamida ikki marta O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari ishtirokida Jamg‘arma dasturlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazishni tashkillashtirish masalalarini muhokama qilish uchun videoselektor yig‘ilishini o‘tkazish. 

Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Jamg‘armaga: 
- mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirishga yetakchi xorijiy ekspertlar, shu jumladan, chet elda yashaydigan vatandoshlarni jalb etish hamda ularning salohiyatidan foydalanish masalalarini ishlab chiqish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo‘yicha talab etiladigan mutaxassisliklar ro‘yxatini; 
- ilgari tegishli vazirliklar va idoralarning markaziy apparatlari va tarkibiy bo‘linmalarida ishlagan, hozirda chet elga chiqib ketgan yuqori malakali mutaxassislar ro‘yxatini kiritadi. 

Jamg‘arma manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Manba: president.uz

Comment:
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
852147963
789632145
78933434
ssssssssssssssss