SEMINAR


Matbuot kotiblari oʼquvi
 
   Termiz shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlari hokimliklari hamkorligida davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan “Аxborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzusida oʼquv-seminar tashkil etildi.
 
   Viloyat “Oila” markazida oʼtkazilgan oʼquv-seminarda Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlaridan 70 dan ziyod axborot xizmati xodimlari ishtirok etdi. Seminar davlat tuzilmalarining ochiqligi va fuqarolar oldida hisobdorligini taʼminlash, fuqarolar manfaatlari va huquqlarini himoya qilish boʼyicha yanada samarali faoliyat yuritish uchun ularning jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash sifati va samaradorligini oshirishga qaratildi.
 
    Oʼquv-seminar doirasida ishtirokchilar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborot ishining oʼziga xos jihatlari, maqsad va vazifalari, tashkilot imiji va uni boshqarish, mediarejalashtirish asoslari, jamoatchilik va OАV vakillari uchun tadbirlar tashkil etishning samarali uslublari, PR-matnlar tayyorlash qoidalari, matbuot anjumani va brifinglar oʼtkazish va shu kabi qator muhim masalalar boʼyicha nazariy bilimlarga ega boʼldilar.
 
   Tushdan soʼng, ishtirokchilar Аdib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga yoʼl oldilar. U yerda kichik guruhlarga boʼlinib, amaliy mashgʼulotlar, sohaga oid savol-javoblar qiziqarli va munozaralarga boy boʼldi. Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi trenerlari B. Аlimov va G. Shukurovalar oʼzlariga yuklatilgan vazifani toʼlaqonli ado etdi, deyish mumkin.
 
   Mana shunday nazariy va amaliy bilim va koʼnikmalarga boy oʼquv-seminarlari axborot xizmati xodimlarining oʼz koʼnikmalarini amaliyotga tadbiq etibda muhim omil hisoblanadi.
 
 
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
TIJ
852147963
789632145
78933434