O'QUV ISHLARI


Hozirgi kunda “Tibbiyot kasbiga kirish, propedevtika” kafedrasida quyidagi kurslarning o’quv mashg’ulotlari olib borilmoqda:

  • Davolash fakultetining 1va 2 kurslari
  • Pediatriya yo’nalishining 1-kurslari

Davolash   fakulteti birinchi kurs talabalari «Tibbiyot kasbiga kirish: terapevtik bemorlar umumiy parvarishi», pediatriya, bolalar xirurgiyasi, umumiy xirurgiya fanlaridan tahsil olishmoqda. Bemorlar umumiy parvarishining dasturining vazifalari talabalargabemorlarni malakali parvarish qilish usullarini o’rgatish, tibbiy etika va deontologiyaning asosiy tamoyillari va tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Kurs amaliy mashg’ulotlardan (6 akademik soat) va ma’ruzalardan iborat bo’lib,haftada 1 martao’tkaziladigan. Mashg’ulotlar kafedraning klinik bazasi bo’lgan TTA TF viloyat bolalar kasalxonasida, ko’p tarmoqli shifoxona, viloyat shoshilinch tez tibbiy yordam markazida  o’tkaziladi.

 

2-bosqichda Davolash fakulteti talabalari ichki kasalliklar va bolalar kasalliklari propedevtikasi fanlarini o’rganadilar. Ushbu fanni o’rganish jarayonida talabalarda  bemorni tekshirishda muhim klinik ko’nikmalar, klinik fikrlashning asoslari, shuningdek, tibbiy etika va deontologiya kabi muhim kasbiy ko’nikmalar shakllantiriladi. Kurs tarkibiga amaliy mashg’ulotlar va ma’ruzalar kiradi. Kursga qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filialining shoshilinch  tez tibbiy yordam markazida   1 va 2-sonli terapevtik bo’limlarida amaliy mashg’ulotlar olib boriladi. OSKE va simulyatsiontrening elementlari faol ravishda amaliyotga tadbiqqilinadi. Kurs oxirida talabalar  akademik kasallik tarixlarini himoya qilishadi va fan bo’yicha oraliq hamda yakuniy nazoratlardan o’tishadi.

 

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan o’quv materiallari (keyingi 1 yil ichida):   10 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar (tavsiyalar).

Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
852147963
789632145
78933434
ssssssssssssssss