BIZ ONA YURTIMIZGA XIZMAT QILISHDA VIJDONLI, INSOFLI VA HALOL BO`LISHIMIZ SHART


       Korrupsiya mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ulkan tahdid bo‘lib, u jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini
yemiradi, – deydi Viloyat IIB xuzuridagi tergov boshqarmasi korrupsiya, tovlamachilik, o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i A.A.Zokirov. – U islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantirib, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 2017 yilning 4 yanvaridan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda mustahkam huquqiy asos yaratdi. 

     34-moddadan iborat ushbu qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni har tomonlama tartibga solish, davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan korrupsiyaning oldini olishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, jamiyat hayotining barcha sohalarida fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

      Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.

     

Comment:
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
852147963
789632145
78933434
ssssssssssssssss