Buxgalteriya

Bo‘lim boshlig‘i:

Mamataliev Isroil Musurmonqulovich

Tel: +998(91) 589-60-06 

E-mail: isroil73@mail.ru


 

1-toifali xisobchi:

Bo‘riev Odil Jabborovich

Tel: +998(90) 245-55-77

E-mail: odil78@mail.ru

 

 

 


Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filialining  buxgalteriya faoliyati haqida

Buxgalteriya quyidagi vazifalarni bajaradi:

Buxgalteriya, qiziqqan tashqi va ichki foydalanuvchilarga universitetning molyaviy-xo‘jalik faoliyati va moliyaviy ahvoli to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni yetkazish uchun universitet buxgalteriya hisobini tashkil etadi va yuritadi;

Akademiya faoliyatinining moliyaviy ahvoli va natijalarini baholash, tahlil qilish, loyihalash va nazorat qilish uchun o‘z vaqtida ma’lumotlarni olish imkoniyatini beruvchi, universitet faoliyatining xo‘jalik yuritish shartlari, strukturasi, tarmoqqa taalluqlilik darajasi xususiyatlaridan va boshqa turdagi imkoniyatlaridan kelib chiqib buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda hisobga olish siyosatini shakllantiradi.

Buxgalteriya ichki hisobotlari shakllarini, xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladigan birlamchi hisob xujjatlari shakllarini, statistik va analitik hisoblardan iborat buxgalteriya hisobi ish rejasini tayyorlaydi va tasdiqlatadi;

Inventarizatsiya o‘tkazish va mulkni baholash tartibini, mulkning mavjudligi, uning holati va bahosi to‘g‘risidagi hujjatlarni yuritishni ta’minlaydi;

Hujjat aylanish tartibiga rioya etgan holda xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishning to‘g‘riligini ichki nazorat qilish tizimini tashkil etadi;

Tashqi va ichki foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan buxgalteriya ma’lumotlarini taqdim etishni ta’minlovchi, buxgalteriya, soliq, statistik va boshqaruv hisobi talablariga mos keluvchi buxgalteriya hisobi va hisobotlari axborot tizimini shakllantiradi;

Zamonaviy axborot texnologiyalarini, hisobga olish va nazorat qilishning progressiv shakllari va usullarini qo‘llagan holda buxgalteriya hisobi reyestrlarini yuritish bo‘yicha ishlarni olib boradi;

Universitet faoliyatining moliyaviy natijalari, moliyaviy, hisob va kredit operatsiyalari, moliyaviy mablag‘lari, material-ishlab chiqarish zaxiralari, asosiy vositalar, majburiyatlar va mulkni hisobini yuritish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;

Buxgalteriya quyidagilarni ta’minlaydi:

Buxgalteriya hisob raqamlarida xo‘jalik operatsiyalarini, vositalar harakatini, daromad va harajatlarni shakllantirishni va majburiyatlarni bajarishni aniq va o‘z vaqtida aks ettirish;

Soliqlar va yig‘imlarni respublika, mintaqaviy va mahalliy budjetlarga, sug‘urta badallarini davlat budjetdan tashqari ijtimoiy fondlarga, to‘lovlarni kredit tashkilotlariga, mablag‘larni moliyalashtirish obyektlariga, mablag‘larni ssudalar bo‘yicha qarzdorlikni yopish uchun o‘z vaqtida o‘tkazib berish;

Tashkilot tomonidan mehnat uchun haq to‘lash fondining sarflanishini va ishchilarga haq to‘lash hisoblarining to‘g‘riligini, inventarizatsiya o‘tkazishni, buxgalteriya hisobi va hisobotlar yuritish tartibini hamda qonuniy taftishlar o‘tkazilishini nazorat qilish;

Tashkilot ichki auditida buxgalteriya hisobi va hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida moliyaviy tahlil o‘tkazishda va soliq siyosatini shakllantirishda ishtirok etish;

Akademiyaning moliyaviy faoliyati natijalarini yaxshilashga yo‘naltirilgan takliflarni ishlab chiqish, moliyaviy yo‘qotishlarni va ishlab chiqarishga qaratilmagan harajatlarni yo‘q qilish;

Moliyaviy va g‘azna tartib qoidalariga rioya etishni ta’minlash, yetishmovchiliklarning, debitorlik qarzdorliklarning va boshqa yo‘qotishlarning buxgalteriya hisobi hisobotlaridan chiqarishni qonuniyligini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borish.

 

Buxgalteriya xisobini tashkil qilish:

– buxgalteriya hisob-kitob bo‘limi Akademiya rektori raxbarligida Bosh buxgalter tomonidan xisob-kitob xizmatini tashkil etadi.

– Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil bo‘linma xisoblanadi va tashkilotning boshqa biron-bir bo‘linmasi tarkibiga kiritilishi ta’qiqlanadi.

– tashkilot bosh xisobchisi bevosita Akademiya rektoriga yoki yuqori tashkilot bosh xisobchisiga bo‘ysunadi xamda tashkilotda buxgalteriya xisobini yuritilishiga, moliyaviy xisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga, shuningdek, boshqa normativ xuquqiy belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo‘ladi.

– Bosh xisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini xar bir xodim uchun aloxida belgilaydi.

Bosh hisobchining asosiy vazifalari:

– buxgalteriya xujjatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini xamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini nazorat qilish;

– budjet mablag‘larini, shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘larni xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;

– tashkilotda xodimlarning ish xaqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda o‘z vaqtida xisoblab chiqish;

– pul mablag‘lari, xisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish xamda ularni buxgalteriya xisobida aks ettirish;

– moliyaviy xisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;

– mexnatga xaq to‘lash jamg‘armasini to‘g‘ri sarflanishi, mansab maoshlarining to‘g‘ri belgilanishi, shtat, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya qilish.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Adliya Vazirligi ro‘yxatidan 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan o‘tgan “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”.

 

 

 

 


Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
5444444444444444444444444444444444444
1223233323232322