Marketing bo`limi

 

   

   

     Bo`lim boshlig`i

  Choriyev Urmоn Urazovich 

   Тел: +99890 247 02 33 

    E-mail: marketing@tmatf.uz

 

 

 

 

 

 

    Yosh mutahassislar bilan     ishlash bo`limi mutahassisi

Qurbonova Zulayxo Toshboboyevna

      Тел: +99894 465 08 88

      E-mail: marketing@tmatf.uz

 

       Bo‘lim haqida


Marketing bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisoblanib bevosita direktorga bo‘ysunadi.

       Bo‘limining vazifasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining brendi hamda ta’lim dasturlarini olg‘a surish bo‘lib hisoblanadi.

Bo'lim funksiyalari

1. Sog‘liqni saqlash va turdosh sohalardagi tashkilotlarga maqsadli to‘lov-kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash bo‘yicha shartnomalik munosabatlarini shakllantirish.
2. TTA TFdagi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olish imkoniyatlari hamda bitiruvchilari haqidagi ma’lumotlarni tarqatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialini respublika va xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishini ta’minlash.
3. Sog‘liqni saqlash va turdosh sohalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari portfoliosini shakllantirish, TTA TF bitiruvchilarini ishga taqsimlash, ularni ish bilan bandligi monitoringini olib borish.

4. Shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarning kontrakt to‘lovlaridan tushadigan mablag‘larni hisobga olish;

5. Shartnoma bo‘yicha o‘qiydigan talabalar uchun shartnomalarni tayyorlash  va tarkatish;

6. Byudjetdksiyalarian tashqari topilgan mablag‘larning hisobotlari va hisob- kitob ishlarini olib borish;

 Bo‘lim normativ hujjatlari


    TTA TF marketing bo‘limi o‘z faoliyatini quyidagi xujjatlarga asoslangan holda amalga oshiradi:
Tashqi normativ xujjatlar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom, amaldagi Mehnat Kodeksi, qonunchilik hamda ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash Vazirligining buyruqlari, boshqaruv va normativ hujjatlari;
   Ichki normativ hujjatlar: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali nizomi, ichki mehnat tartib qoidalari, akademiyaning mahalliy normativ aktlari (qo‘llanma, standart va b.), direktor buyruqlari, bo‘lim dasturlari va rejalari hamda Marketing bo‘limi Nizomi.

 

 


Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
abutr
TIJ
852147963
789632145