Sogʼlom oila-muqaddas dargoh”, “Oila jamiyatning asosiy boʼgʼini” mavzusida oʼtkazilgan davra suhbati.

Termiz shahar “Oila” markazi mutaxassisi I.Salohiddinov, TTА Termiz filiali Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi А.А.Raxmonov, filial xotin-qizlar qoʼmitasi boshligʼi Z.Paygʼamova oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

oʼz soʼzida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14 bobi “Oila” deb nomlanib, unda oilalarning huquqiy manfaatlarini himoya qilishni kafolatlovchi normalar oʼz aksini topganligi, xususan, jamiyatning asosiy boʼgʼini sanalmish oila, onalik va bolalik jamiyat va davlat muhofazasida ekani, ona-onalar farzandlarini voyaga yetgunicha boqish va tarbiyalashga majburligi, oʼz navbatida, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar ota-onalar haqida gʼamhoʼrlik qilishi majburiyat sifatida belgilanganligini taʼkidladi.

Termiz shahar “Murch bobo” jomeʼ masjidi imom xatibi А.Karimov soʼzga chiqdi. U xalqimiz azaldan oilada bola taʼlim-tarbiyasiga juda katta eʼtibor bilan qarab kelgan. Binobarin, davlat va jamiyatning mustaqilligi va mustahkamligi bevosita mana shu masala bilan chambarchas bogʼliq ekani isbot talab etmas haqiqat. Shuning uchun ham bolalar va yoshlarning tarbiyasi, ayniqsa, ularda yuksak maʼnaviy-axloqiy omillarni shakllantirish barcha zamon va makonlarda jamiyatning eng muhim va ustuvor vazifalaridan biri hisoblanganligini aytib oʼtdi.

Davra suhbati soʼngida tadbirda ishtirok etayotgan filial talabalari oʼzlarining mavzuga oid fikr-mulohazalarini bildirib oʼtishdi hamda tadbir yakunida ishirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.


“Konstitutsiya – islohotlarning huquqiy poydevori”

“Konstitutsiya – islohotlarning huquqiy poydevori”

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi hamkorligida 8-dekabr  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – milliy tiklanish va yuksalish tayanchi” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi .


Barchasi: 2 ta
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
abutr
TIJ
852147963
789632145