Ilmiy tadqiqot yo`nalishlari

2017 yil 25 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2018-2022 yillar davrida bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi, hamda Davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2017-2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Shu o‘rinda xotin-qizlar o‘rtasida olib borilayotgan barcha sa’y – harakatlar ularning faolligi va takomilligiga qaratilgandir. Aslida ayol zimmasiga farzandlarni dunyoga keltirib, parvarishlash, tarbiyalashdek ulkan vazifalar yuklatilgan. Buning uchun esa avvalo ayolning o‘zi jismonan va ma’nan sog‘lom bo‘lmog‘i kerak. Hayot farovonligiga erishish yo‘lida sog‘lom turmush tarziga rioya qilish muhim ekanligi barchamizga ayon. Bunda sportning ahamiyati nihoyatda katta ayniqsa sport bilan muntazam shug‘ullangan xotin- qizlarning salomatligi yaxshilanib, tashqi ko‘rinishlari yanada ko‘rkam bo‘ladi. Bu esa sog‘lom avlod dunyoga kelishiga zamin yaratadi. Shu munosabat bilan mamlakatimizda ko‘plab sport musobaqalari, festivallar muntazam ravishda tashkillashtirilib boriladi. Ammo, ayollarimizning erkin va faol ish faoliyatini olib borishlariga to‘sqinlik qiladigan ba’zi sub’ektiv holatlar ham borki, bu masala ayollarga bog‘lik bo‘lmagan sharoitlarda sodir bo‘ladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ona-bola salomatligi masalalaridagi dasturlar, loyihalar olib borilishiga qaramasdan, yurtimizda yod tanqisligi, kamqonlik va temir yetishmasligi kabi muammolar mavjud. Shuning uchun ham aholining bunday kasalliklar haqidagi bilimlarini oshirib borish, bu masalani kamaytirish, yoki ayollarning o‘z salomatliklari haqida o‘ylashlariga zamin yaratadi. Respublikamizda so‘ngi yillarda o‘tkazilgan tekshirishlar temir tanqisligi kamqonliklari (TTK) ning 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida 11% gacha, fertil (farzand ko‘radigan) yoshdagi ayollar orasida esa 10% gacha qayd etilishini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatgichlar TTK ning oldini olish va to‘la davolanishning naqadar muhimligini o‘z-o‘zidan yaqqol ko‘rsatib turibdi. Boshqa turdagi qamqonlik kasalliklarda bo‘lgani singari, hajm birligidagi qonda gemoglobin miqdori va eritrotsitlar soni kamayib ketadi. Odamning kundalik ovqatida o‘rtacha 15-20 mg atrofida temirbioelementi bo‘ladi, lekin shuncha miqdordan atigi 2 mg bioelement organizmga so‘riladi. Xullas, ayollarimizning o‘z salomatliklarini asrashi va o‘z hayotlariga befarq bo‘lmasdan doimo barcha noxush holatlardan o‘zlarini saqlab borishlari nafaqat o‘zi balki, oila a’zolari, farzandlari va albatta davlat, jamiyat qolaversa butun millat uchun eng muhim, dolzarb masaladir.
"Surxondaryo viloyatida ko‘p uchraydigan tug‘ma nuqsonlar va qamqonlik kasalliklari profilaktikasida innovatsion tadbirlar" mavzusidagi ilmiy muammo doirasida viloyatdagi barcha tumanlar kesimida o‘rganilib chiqildi.Tumanlarda tug‘ma nuqsonlar va kamqonlik muammolari mavzularida seminar-treninglar tashkillashtirildi va uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Oila va nikoh markazi, Viloyat sog‘lom avlod uchun fondi, Viloyat skrining markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida MEMORANDUM imzolandi.
Kamqonlikni davolash va tug‘ma nuksonlarni erta tashxislash chora-tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.

              


Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
852147963
789632145
78933434
ssssssssssssssss