22 may kuni TTA Termiz filialida «Ilmiy tadqiqotlar olib borish va uni bajarish bosqichlari» mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi

Filial Yosh olimlar kengashi a'zosi O.I.Ergashov ilmiy tadqiqot, ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari, ixtiro va kashfiyot, ilmiy tadqiqotlar olib borish va bajarish bosqichlari haqida taqdimot asosida so‘zlab berdi. Bundan tashqari O.Ergashov “Scopus va Science Direct” xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasidan keng foydalanish, maqolalarni yuqori impakt-faktorli jurnallarda chop etish yo‘l yo‘riqlari haqida ham batafsil ma'lumotlar berib o‘tdi.

    


“TIBBIYOTDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR” mavzusidagi talabalarning I ilmiy-amaliy anjumani

Joriy yilning 21 may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Tibbiyotda zamonaviy yondashuv” mavzusidagi talabalar I ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi. O’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda talabalar 4 ta tarmoq: Ijtimoiy-gumanitar tarmog’i, 1-tibbiy biologik fanlar tarmog’i, 2-tibbiy biologik fanlar tarmog’i, Tibbiyot kasbiga kirish tarmog’lari bo’yicha o’zlarining ilmiy izlanish natijalarni olib chiqdilar. Anjuman yakunida yuqori natijaga erishgan talabalar diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

 

 

 


TTA Termiz filialida yana qiziqarli seminar

2019 yil 11 may kuni TTA Termiz filialida “Professor-o‘qituvchilarini ilmiy faoliyatga jalb qilishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur ilmiy seminarni TTA TF Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari E.A.Berdiev kirish so‘zi bilan ochib berib, ilmiy seminarni olib borish uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy kotibi Iskandarov Sherzod Abdug‘anievichni so‘zga taklif qildi. Sh.Iskandarov o‘z taqdimotida ilm-fani ravnaqi uchun yoshlarni ilmiy faoliyatga qiziqtirish va yo‘naltirish hamda bu jarayonni davr hamda jahon talablariga moslashtirish; ilmiy unvonlar olishga qo‘yiladigan sun'iy to‘siqlarni bartaraf etish, asosiy etiborni ilmiy tadqiqot ishlarining salohiyati va samaradorligi oshirishga yo‘naltirish bo‘yicha aytib o‘tgan fikrlarini keltirib o‘tdi. Shuningdek, Sh.Iskandarov ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishni maqsad qilgan ilmiy izlanuvchilarga mamlakatimizda berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida gapirib o‘tdi. Ilmiy seminar yakunida professor-o‘qituvchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan taqdimotchiga murojaat qilishdi va batafsil ma'lumotlar olishdi.

                       


TTA Termiz filialida yana qiziqarli seminar...

Bugungi kunda nufuzi va dunyo miqyosida yuqori darajada turgan Scopus ro‘yxatiga kirgan jurnallarda maqola chop etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yozilgan har bir ilmiy ishning saviyasi va sifatini yuqori darajada ko‘rsatib beruvchi ushbu havolalarning ma’lumotlar bazasida maqolalar chop etish har bir OO‘Yu professor-o‘qituvchisi va izlanuvchilarining oldida turgan asosiy vazifasi bo‘lib qolmoqda.
Joriy yilning 6 mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga YeLSEVIER kompaniyasining O‘zbekistondagi koordinatori Dilnoza Allanazarova tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Scopus, Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan samarali foydalanish usullari mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda filial ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari E.A.Berdiyev, Ilmiy va Xalqaro bo‘lim xodimlari va professor-o‘qituvchilari qatnashdi.

             

             

             

             

 


Barchasi: 9 ta
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
TIJ
852147963
789632145
78933434