Qisqacha tarix

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialini tashkil etish to'g'risida

        Yuqori malakali tibbiyot kadrlarini zamonaviy talablar va standartlar darajasida tayyorlashni yanada takomillashtirish, Surxondaryo viloyatida tibbiyot kadrlariga bo‘lgan taqchillikni to‘ldirish, ilg‘or axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarini joriy etish, bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarini nazariy tayyorlashni ularning amaliy ko‘nikmalarni egallashi bilan uzviy bog‘liqda ta’minlash asosida o‘quv jarayonini tashkil etish talablariga javob beradigan o‘quv va moddiy-texnika bazasini yaratish va mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.

         Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

– Filial Toshkent tibbiyot akademiyasining tarkibiy bo‘linmasi, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
– Zamonaviy talablarga javob beradigan va tibbiyot sohasida ilg‘or texnologiyalarni egallagan tibbiyot kadrlari tayyorlash Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Qarorga ko‘ra:
– 2017/2018 o‘quv yili uchun bakalavriat dasturi bo‘yicha Filialga kontrakt asosida 300 kishi qabul qilinadi;
         Filialni tamomlagan talabalarning Surxondaryo viloyatidagi tibbiyot kadrlari tanqis bo‘lgan tibbiyot muassasalarida o‘n yil ishlab berishi majburiydir;
– 2017-2018 o‘quv yilida Filialga abiturientlar qabul qilishni Surxondaryo viloyatida doimiy yashaydigan (o‘qishga kirishda doimiy propiskaga ega bo‘lgan), 2017 yilda “Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha respublikaning oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga hujjatlar topshirgan, tanlovdan o‘tmagan va to‘plangan ballarning izchilligi qat’iy hisobga olingan holda kirish test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p ballarning kamida 30 foizini (68,0 ball) to‘plagan shaxslardan tashkil etiladi;
– Surxondaryo viloyatida doimiy yashaydigan, hozirgi paytda respublikaning oliy tibbiyot ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklida ta’lim olayotgan 4-5-bosqichlar talabalari o‘z xohishlariga ko‘ra Filialga davlat granti bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadilar. Bunda mazkur shaxslar Surxondaryo viloyatining tibbiyot kadrlariga taqchillik mavjud bo‘lgan tibbiyot muassasalarida majburiy tartibda o‘n yil ishlab berishi lozim.


Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
5444444444444444444444444444444444444
1223233323232322