Ijtimoiy muhofaza

   Bugungi kunda yurtimizda aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamiga eʼtibor va gʼamxoʼrlik koʼrsatishning mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan hamda u davr talabidan kelib chiqib takomillashtirib borilayotir. Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, yuzdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mazkur sohadagi saʼy-harakatlar koʼlamini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Jumladan, 2008 yilda qabul qilingan “Oʼzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonun nogironlarni ijtimoiy muhofazalashga qaratilgan huquqiy bazaning mustahkam poydevori sanaladi.

    Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Sogʼliqni saqlash, Xalq taʼlimi vazirliklari masʼul xodimlarining mazkur Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimida Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi hamda mintaqaviy reabilitatsiya markazlari imkoniyati cheklangan insonlarga tibbiy-psixologik, ijtimoiy, kasbiy reabilitatsiya xizmatini, huquqiy masalalar boʼyicha yordamini koʼrsatmoqda. Har yili ushbu muassasalarda nogironlar kompleks ravishda reabilitatsiya muolajalarini olishayapti.
   Sogʼliqni saqlash tizimida ham mazkur Qonunda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilayotir. Chunonchi, nogiron bolalarga reabilitatsiya xizmatlari muntazam koʼrsatib kelinmoqda. Аyni chogʼda ushbu yoʼnalishda faoliyat yuritayotgan bolalar reabilitatsiya markazlari, turli sanatoriylar ishini takomillashtirish borasida zarur chora-tadbirlar koʼrilayapti.
  Tadbirda nogiron bolalarni maktabgacha taʼlim, umumiy oʼrta, oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga qamrab olish diqqat-eʼtibordagi masalalardan biri ekanligiga urgʼu berildi. Taʼkidlanganidek, Xalq taʼlimi vazirligi tizimida imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha, shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida koʼp tarmoqli maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda ushbu toifadagi bolalar taʼlim-tarbiya olishayotir.

 

  


Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
abutr
TIJ
852147963
789632145