Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

 

 

Raxmonov Abduqahhor Abdusattorovich

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i

Tel.: +998(90) 186-83-01
E-mail: rahmonov_a.a@mail.ru

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

     Yoshlar bilan ishlash, ma’naviya va ma’rifat bo‘limi filialda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga boshchilik qilish, bo‘limga tegishli normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo‘limlar, jamoat ishlarida va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy tajribalarni umumlashtirish, adabiyotlar tayyorlash va ularni nashr qildirish, talabalarning ma’naviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi.

 Umumiy qoidalar

  • Bo‘lim filial direktorining buyrug‘i asosida tuziladi;
  • Bo‘lim o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari boshchiligida faoliyat olib boradi;
  • O‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishda bo‘lim fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari kafedra ham guruh rahbarlari bilan birgalikda ish olib boradi;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining nizomi asosida ish olib boradi, joriy va kelajakdagi ish rejalariga asoslanib ish yuritadi.

Bo‘limning maqsadi:

  • Talaba-yoshlarni milliy va umum insoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyo qarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, yoshlar dunyo qarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har xil “ommaviy madaniyat” xurujlaridan avaylab-asrash, ularni bu yo‘llardan qaytarish, мustaqil O‘zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo‘lib kamol topishini shakllantirishdan iborat.
  • Axloqiy-tarbiya ishlarini tashkil etish, yoshlar  dunyoqarashini kengaytirish, professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talaba-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularni boy tarixiy-madaniy merosimiz va an’analarimizga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muxabbat va sodiqlik ruhida yoshlarni tarbiyalash.
  • Tarbiya jarayonida xalqning boy milliy-madaniy, tarixiy an’analari, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy-pedagogik shakl va vositalardan foydalanish orqali talaba-yoshlarda yot g‘oyalar va mafkuraviy tazyiqlarga nisbatan g‘oyaviy immunitetni shakllantirish.
  • Huquqiy va demokratik tamoyillar asosida talaba-yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustaxkamlash g‘oyasiga sodiqlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
  • Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talaba-yoshlarda tibbiy madaniyatni shakllantirish.
  • Professor-o‘qituvchi, talaba-yoshlarda kasbga sadoqat va mas’uliyat, jamoaga va o‘z vazifasiga hurmat hissini shakllantiradi.

Bo‘limning vazifalari:

  • Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog‘liq chora-tadbirlarni o‘tkazish;
  • Talaba-yoshlar orasida ma’naviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, olijanoblik fazilatlarini shakllantirish, turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish, immunitetini yanada kuchaytirish maqsadida turli soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda davra suhbatlari, uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar tashkil etish.
  • Milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olib borilayotgan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish
  • Talabalarning ruhiy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish maqsadida olib boriladigan ishlarni shakllantirishga ko‘maklashish;

Bo‘limning huquqlari:

  • Fakultetlardagi ma’naviy-axloqiy ishlarni nazorat qilish;
  • Ma’naviy-axloqiy ishlarga bog‘liq vazirlik buyrug‘lari ham ko‘rsatmalarni fakultetlardagi bajarilishini nazorat qilish,
  • Dekanlarning ma’naviy-axloqiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarini tayinlash, hamda vazifalaridan ozod qilishga bog‘liq yig‘ilishlarda doimiy ravishda o‘z tavsiyalari bilan qatnashadi.
  • Ma’naviy-axloqiy masalalar bo‘yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ko‘rsatmalar, tavsiyalar beradi;
  • Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari olib boradigan ishlar bo‘yicha belgilangan tartibda muntazam bo‘lim boshlig‘iga hisobot beradi;
  • Ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namuna ko‘rsatgan bo‘lim, fakultet, kafedra jamoatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiyalar beradi.

 

Bo‘limning tuzilishi:

  • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
  • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi

 

Bo’lim xodimlari:


Abdukaxarova Gulnoza Abduvahobovna

 Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi 
telefon raqami +998905808949

gulnoza8289@gmail.com.

 

 

  Amalga oshirilgan ishlar

  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar ilova qilinadi.

 

Istiqboldagi rejalar

  • Istiqboldagi rejalar ilova qilinadi


Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
852147963
789632145
78933434
ssssssssssssssss