To‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi

To‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi

                  2018/2019 o‘quv yilida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentyabrdagi 9-sonli bayoniga muvofiq respublika oliy ta’lim muassasalariga 2018/2019 o‘quv yilida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati 2018 yilning 30 sentyabriga qadar uzaytirildi.
Shuningdek, mazkur bayon bilan kirish imtihonlari natijasi bo‘yicha yetarli ball to‘plamagan va oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abiturientlarga to‘lov-kontrakt shartlarini bajarishning oxirgi muddati 2018 yil 31 oktyabr etib belgilandi.
Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati

 


Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
5444444444444444444444444444444444444
1223233323232322