Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

 

 

 

Raxmonov Abduqahhor Abdusattorovich

Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

Tel.: +998(90) 186-83-01
E-mail: rahmonov_a.a@mail.ru

Ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘limi filialda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga boshchilik qilish, bo‘limga tegishli normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo‘limlar, jamoat ishlarida va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy tajribalarni umumlashtirish, adabiyotlar tayyorlash va ularni nashr qildirish, talabalarning ma’naviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi.

Umumiy qoidalar

  • Bo‘lim filial direktorining buyrug‘i asosida tuziladi;
  • Bo‘lim o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari boshchiligida faoliyat olib boradi;
  • O‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishda bo‘lim fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari kafedra ham guruh rahbarlari bilan birgalikda ish olib boradi;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining nizomi asosida ish olib boradi, joriy va kelajakdagi ish rejalariga asoslanib ish yuritadi.

Bo‘limning maqsadi:

  • Talaba-yoshlarni milliy va umum insoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash,
  • ularning ruhiy-yestetik dunyo qarashini kengaytirish,
  • tafakkurini yuksaltirish,
  • yoshlar dunyo qarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har xil “ommaviy madaniyat” xurujlaridan avaylab-asrash,
  • ularni bu yo‘llardan qaytarish,
  • Mustaqil O‘zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo‘lib kamol topishini shakllantirishdan iborat.

Bo‘limning vazifalari:

  • Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog‘liq chora-tadbirlarni o‘tkazish;
  • Talaba-yoshlar orasida ma’naviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, olijanoblik fazilatlarini shakllantirish, turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish imunitetini yanada kuchaytirish maqsadida turli soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda davra suhbatlari, uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar tashkil etish.
  • Milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olibborilayotgan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish
  • Talabalarning ruhiy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish maqsadida olibboriladigan ishlarni shakllantirishga ko‘maklashish;

Bo‘limning huquqlari:

  • Fakultetlardagi ma’naviy-axloqiyi ishlarni nazorat qilish;
  • Ma’naviy-axloqiy ishlarga bog‘liq vazirlik buyrug‘lari ham ko‘rsatmalarni fakultetlardagi bajarilishini nazorat qilish,
  • Dekanlarning ma’naviy-axloqiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarini tayinlash, hamda vazifalaridan ozod qilishga bog‘liq yig‘ilishlarda doimiy ravishda o‘ztavsiyalari bilan qatnashadi.
  • Ma’naviy-axloqiy masalalar bo‘yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ko‘rsatmalar, tavsiyalar beradi;
  • Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalarida «Ma’naviy-ma’rifiy ishlari» sohasiga tegishli bandiga to‘liq bajarilishini nazorat qiladi va uni baholaydi;
  • Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari olib boradigan ishlar bo‘yicha belgilangan tartibda muntazam bo‘lim boshlig‘iga hisobot beradi;
  • Ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namunako‘rsatgan bo‘lim, fakultet, kafedra jamoatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiyalar beradi.

 

 


Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
5444444444444444444444444444444444444
1223233323232322