Tibbiyotni butunlay o‘zgartiradigan 11 ta texnologik innovatsiya

Biz tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi katta o‘zgarishlar ostonasida turibmiz. Ular albatta ro‘y beradi va hamma ularga qiziqish bildirmoqda: bemorlar, shifokorlar, tadqiqotchilar, tibbiy oliy o‘quv yurtlari talabalari va oddiy iste’molchilar.

«The Next Web» vakili Robert Sherba «The Guide to the Future of Medicine: Technology and the Human Touch» kitobining muallifi doktor Bertalan Mesko bilan texnologik innovatsiyalarning tibbiyot kelajagiga qanday ta’sir qilishi to‘g‘risida suhbatlashdi. Mesko 11 ta asosiy yo‘nalishni belgilab berdi.

  1. Salomatlikni geymifikatsiyalashtirish

O‘yinlar hayotimizning ajralmas qismidir, lekin kelajakda sog‘liqni saqlashni monitoring qilish dasturlariga o‘yin komponentini qo‘shib qo‘yish bemorlarni har kuni ma’lumot to‘plashga va sog‘liqqa ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan qarorlar qabul qilishga undashga yordam beradi. Meskoning so‘zlariga ko‘ra, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning yarmidan ortig‘i shifokorlarning ko‘rsatmalariga amal qilmaydi. Geymifikatsiya qilish bemorning shifokor belgilagan kursdan chetlanishini qiyinlashtiradigan muhitni yaratadi.

  1. Bemorlarning huquqlarini kengaytirish

Sog‘liqni saqlash xizmati shifoxonalardan tashqariga chiqib, bemorlarning o‘zlarini anglashlariga va vakolatlarini kengaytirishga yordam beradi. Ko‘pchilik internetdan kasallik belgilarini aniqlab, o‘z-o‘ziga taxminiy tashxis qo‘yish uchun foydalanadi. Sog‘lom aql malakali tibbiyot mutaxassislariga murojaat qilish mumkin bo‘lgan hollarda bunday qilishni ma’qullamaydi, ammo shifokorlar bemorlarga internetdan ma’lumot olish uchun foydalanishni ham taqiqlay olishmaydi.

  1. Xirurgik va odamsimon robotlar

Zamonaviy robotlar jarrohlarning imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi, ular operatsiyalarni yuqoriroq aniqlikda va kamroq jarohat yetkazgan holda o‘tkazishga qodir. Robotlar hech qachon odamlarning o‘rnini bosolmaydi, lekin shifokorlar ularni o‘z ishlarida tez-tez ishlatadigan bo‘ladilar.

  1. Genomika va personallashtirilgan tibbiyot

Kelajakda DNK tahlillari tashxis qo‘yish va muolaja tayinlashda oddiy protseduraga aylanadi. Shu orqali shifokorlar bemor organizmining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda unga dori-darmonlar to‘g‘ri belgilanganini kafolatlashlari mumkin.

  1. Kiyiladigan datchiklar

Zamonaviy texnologiyalar sizga muhim tibbiy ko‘rsatkichlarni arzon va qulay usullarda o‘lchash imkonini beradi. Ixchamgina sensorlar bemorlarni kundalik faoliyatidan chalg‘itmasdan kerakli ma’lumotlarni to‘playdi. Bunday ma’lumotni yig‘ishning bir usuli kerakli datchiklar bilan jihozlangan elektron kiyim kiyib yurishdir.

  1. Tibbiy trikoderlar va portativ tashxis

«Star Trek» ilmiy-fantastik serialidagi to‘qima gadjet tez orada haqiqatga aylanadi. Siz turli xil diagnostik jarayonlarni amalga oshirish uchun klinikalarga borishingiz shart emas – barchasini uyda o‘tirib, ixcham qurilmalar yordamida amalga oshirish mumkin. «Smartfon tibbiy asboblar paneli sifatida tibbiyot markaziga aylanadi», — deydi doktor Mesko.

  1. DIY biotexnologiyalari

Mavjud texnologiyalar va DIY ruhiyati muhandis va olimlarning yangi avlodini yaratadi. Butun dunyo bo‘ylab biolaboratoriyalar paydo bo‘lib, o‘zida ixtirochilarni, tajriba va kashfiyotlarni yaxshi ko‘radiganlarni birlashtiradi. Biotexnologiyadagi innovatsiyalar kelajak tibbiyotini butunlay o‘zgartirib yuborishga qodir bo‘ladi.

  1. 3D-chop etish inqilobi

3D-printerlar yordamida tibbiy asboblar, protezlar va hatto dorilarni ham yaratish mumkin. Printerlar, shuningdek, regenerativ tibbiyotda ham muhim rol o‘ynab, mutaxassislarga qon tomirlari, suyak, yurak klapanlari, to‘qimalar, sun’iy teri va hatto organlarni yaratishga yordam beradi. Mazkur amaliyotlar taraqqiy etib borishi sababli 3D-chop etish katta foyda keltirishi mumkin.

  1. Mexanizatsiyalashgan ekzoskeletlar va endoprotezlar

Ekzoskeletli kiyimlar shol odamlarga yana yurish imkoniyatini bergan bo‘lardi. Mazkur kiyim sezgini qayta tiklash, protezga real vaqtda miya bilan aloqa bog‘lash imkonini beradi. «Hozircha esa, — deydi doktor Mesko, — bunday narsalarni ishlab chiqaruvchilar uchun katta muammo inson qo‘li va oyoqlarining murakkab harakatlarini to‘g‘ri takrorlay oladigan qurilmalarni yaratishdir».


Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
abutr
TIJ
852147963
789632145