Oliy ta'lim muassasasi kengash kotibi

Sahieva Matluba Toshpulat qizi

Oliy ta’lim muassasasi Kengash  kotibi:

E-mail: yoshlar-huquqi@umail.uz.

Tel: +998939980091,

 

      Oliy ta’lim muassasasi Kengash kotibining lavozim vazifalari:

Har oyda o‘tkaziladigan Oliy ta’lim muassasasi Kengash  majlisining ish rejasi bo‘yicha tegishli sohalar mas’ullariga qaror loyihalarini tayyorlash bo‘yicha xabar berish va uni nazorat qilib borish;

 Oliy ta’lim muassasasi Kengash a’zolarini Kengash yig‘ilishida ishtirokini ta’minlash va ularga majlis kuni hamda vaqti haqida xabar berish;

Kengash  qarorlari loyihasini mas’ullardan o‘z vaqtida olish va ularni rasmiylashtirish;

Kengash  qarorlari loyihasi rasmiylashtirilib, tayyor bo‘lgach barcha kengash a’zolariga tarqatish;

Kengash  qarorlari ijrosi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;

Kengash  qarorlari loyihasini mas’ullar tomonidan bajarilmagan taqdirda yozma yoki og‘zaki ravishda Kengash  raisiga hisobot berish;

Kengash  qarorlarini bayonnoma bilan rasmiylashtirish. Bayonnomalarni Kengashning raisi va kengash kotibi tomonidan imzolab tasdiqlanishini ta’minlash;

Kengash  tasdig‘idan o‘tgan barcha Oliy ta’lim muassasasi hujjatlarining bayonnomadan ko‘chirmasini tasdiqlab berish;

Kengash  qaroriga muvofiq professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlash uchun taqdim etish hamda hujjatlarni Oliy attestatsiya komissiyasiga jo‘natish;

Kengash  muhokamasidan o‘tgan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyasi mavzulariga bayonnomadan ko‘chirmani tasdiqlash;

Kafedra mudiri, professor va dotsent lavozimlariga kafedralar bo‘yicha vakant lavozimlarga yopiq ovoz berish yo‘li bilan tanlov o‘tkazib, rasmiylashtirish;

Professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlar ro‘yxatini tasdiqlab berish;

Har o‘quv yili oxirida Kengash  bayonnomalarining yig‘ma jildini arxivga topshirish;

Kengash ish rejasi  Kengash a’zolari  tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori  tomonidan tasdiqlatish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati Qarorlari hamda buyruqlari asosida ish rejasiga o‘zgartirishlar kiritish;
Kengash  yig‘ma jildlar nomenklaturasini doimiy tarzda yuritish va barcha hujjatlar monitoringini amalga oshirish


Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
abutr
TIJ
852147963
789632145