Prezident Surxondaryoga tashrifi

Shavkat Mirziyoyev Sariosiyodagi Sharg‘un ko‘mir konida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Sariosiyo tumanidagi Sharg‘un ko‘mir konida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qiladi.

 

Sharg‘un ko‘miri sifatining yuqoriligi, zaxirasi ko‘pligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bugungi kunda bu yerda 2017—2020-yillarga mo‘ljallangan 105,5 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda. Xitoy bilan hamkorlikdagi ushbu loyiha natijasida 2021-yildan boshlab bir yilda 900 ming tonna toshko‘mir qazib olinadi. 600 ta ish o‘rni yaratiladi. “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining Angren va Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyalari, sement zavodlari, aholi va boshqa iste’molchilarga toshko‘mir yetkazib berish ko‘payadi.

Ayni paytda konning asosiy zaxirasi tomon tunnel qazib borilmoqda. Hozirgacha 2 kilometrdan ziyod shunday yo‘l qurildi. Yana 1,5 kilometrdan so‘ng, 33 million tonnalik asosiy ko‘mir zaxirasiga yetib boriladi.

Davlat rahbariga Surxondaryo viloyatida toshko‘mir qazib chiqarishni rivojlatirishning asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

Shu yerning o‘zida “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini moderizatsiya qilish, Boysun va Sherobod tumanlaridagi konlarda ko‘mir qazib chiqarishni tashkil etish, Sariosiyo tumani va Sharg‘un shaharchasini 2019—2020-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi.

 


Vazir bilan uchrashuv

Vazir bilan uchrashuv


Barchasi: 2 ta
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
TIJ
852147963
789632145
78933434