Reja moliya bo'limi

     

 

Rakhmankulоv Murod Xushbakovich

            Reja-moliya bo'limi boshlig'i

        Telefon: +998(93) 794-44-36

        E-mail:murod72@mail.ru

 

 

 

 


Bo‘lim faoliyati haqida

Reja-moliya bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali (TTA TF)ning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Bo‘limning majburiyatlariga joriy va perespektiv planlarni ishlab chiqish, TTA TF bo‘limlarni prognozi (tahlili) va saqlab  turish harajatlarini ishlab chiqish, turli manbalardan (davlat budjeti, kontrakt-to‘lov maxsus mablag‘lar, ilmiy-izlanish faoliyatidan va boshqa manbalardan) TTA TFning moliyaviy ehtiyojini aniqlash hamda amaliyotga tadbiq etish.

Reja-moliya bo‘limi budjet, to‘lov-kontrakt, maxsus mablag‘lar, rivojlantirish fondi va grand bo‘yicha sarf-harajat smetasini tuzadi. Smeta bo‘yicha har bir yo‘nalishda talab qilinadigan ehtiyojlar ro‘yxatini tuzib chiqadi. Bo‘limlar va kafedralar bilan smeta harajatlari miqdorini belgilashda,budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni limitdan kelib chiqqan holda shakllantiradi. Reja-moliya bo‘limi TTA TFning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilib, istiqbolli loyihalarni tatbiq etadi.

Bo‘limning asosiy vazifalari: 

-Filialning barcha moliyaviy  smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni  to‘plash va tahlil  qilish.
-Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni harajatlar smetasidagi moddalar bo‘yicha tahlil qilish.
-Shtatlar  jadvalini tuzish va nazorat olib borish.
-Xodimlar  bo‘yicha ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi  buyruqlarni o‘z vaqtida  qayd qilib borish orqali  shtatlar soni monitoringini yuritish.
- Smeta sarf-harajatlari prognozini(tahlilini) ishlab chiqish hamda nazorat olib borish.
- TTA TFning barcha turdagi faoliyati ustidan majmuaviy iqtisod tahlilini olib borish.
-TTA TFning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik hisob-kitobini olib boradi va o‘rnatilgan muddatlarda joriy hisobotlarni tayyorlab boradi;
- Ish xaqi va stipendiyalar oshirilganda  professor-o‘qituvchi, ma’muriy-xo‘jalik, o‘quv yordamchi xodimlar tarifikatsion ro‘yxatini shakllantirib boradi.
- Me’yoriy baza o‘zgarshini hisobga olib shtat jadvalini korrektirovaka qilish.
- Moliya manbasini hisobini olib boorish.
- Budjet va budjetdan tashqari mablag‘laridan moliyalashtiriluvchi smeta sarf-harajatlarini tuzish.
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining tasdig‘idan o‘tgan limit asosida smeta sarf-harajatlarini korrektirovka qilish;     
- Hisobxona ma’lumotlari asosida smeta mablag‘larining sarflanishini tahlil qilib borish.
- Professor-o‘qituvchi, ma’muriy-xo‘jalik hamda o‘quv  yordamchi  xodimlarni mehnat shartnomalariga oylik maoshlarini o‘rnatish.
- Har oyda TTA TF bo‘limlaridan, kafedralaridan kelgan tabellarni tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan tekshirib borish.

 


Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
abutr
TIJ
852147963
789632145