Sport tadbirlari

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi PQ-4063-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadidaO‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2019 yil 30 mart kuni respublikada “Velosipedda sayr kuni” kuni deb e’lon qilindi.

     Shu munosabat bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o‘qituvchilari va talabalardan komanda tuzilib ushbu sport musobaqasida munosib ishtirok etdi.

     Velosipedda har kuni ma’lum masofani zabt etish, — deydi ishtirokchilardan biri — Odamning immunial tizimini ham mustahkamlaydi. To‘qimalarni erta kunda o‘lib ketishdan asraydi. Inson o‘zini sergak his eta boshlaydi. Teri ham ajinlar tushish jarayonini hadeganda boshdan kechira boshlamaydi. Bir so‘z bilan aytganda, velosiped sayri har qanday odamning qarish jarayonini sekinlashtirish uchun xizmat qiladi. Ammo bir shart bilan. Odamlar tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar iste’mol qilmasliklari kerak.

     Darvoqe, bir gapni aytib ketishni ma’qul topdik. Agar siz kashandalik va spirtli ichimliklar iste’molidan xalos bo‘la olmayotgan bo‘lsangiz, shifokorga qatnab ovora bo‘lmang. Velosiped sotib oling-da, har kuni kamida 10 kilometr masofaga sayr uyushtiring. Chekishni ham, ichishni ham bosqichma-bosqich tashlab yuborganingizni sezmay qolasiz.

     Filialda professor-o‘qituvchilar va xodimlar orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki sport kishilar salomatligini mustahkalash, barkamol avlodni tarbiyalashda asosiy omildir. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. 

 

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Barchasi: 2 ta
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ro`yxatdan o`tish
Parol yoddan chidimi?
Ishonch telefoni

+99876-223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
852147963
789632145
78933434
ssssssssssssssss