Ўқув-услубий бўлим ходимлари

Bozorova Maxbuba Eshquvvatovna

Oʼquv uslubiy boʼlimi boshligʼi

Tel.: +998(91) 5871160

E-mail:bozorova mahbuba @gmail.com

  • Boʼlimning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Boʼlimning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini taʼminlash;
  • Boʼlim maqsadidan kelib chiqib taʼlim muassasasida mutasaddi boʼlgan boʼgʼinlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Oʼzbekiston Respublikasining taʼlimga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining Hayʼat Qarorlari, buyruqlari, yoʼriq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, direktor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, boʼlimlarda bajarilishini taʼminlash va monitoringini olib borish;
  • Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
  • Oʼquv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar oʼrtasida yoʼnalish boʼyicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish.

Bilishi kerak:

Boʼlim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hayʼat Qarorlari, buyruqlari, Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori buyruqlarining mohiyatini bilishi.

Malaka talablari:

  • Oliy taʼlim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur boʼlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, taʼlim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va koʼnikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega boʼlish, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga;
  • Oliy maʼlumotga ega boʼlishi;
  • Boʼlim yoʼnalishi boʼyicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega boʼlishi zarur.

Berdiyarova Maxbuba Olimovna

Oʼquv uslubiy boʼlimi uslubchisi

Tel: +998(97) 7865782

E-mail: mahbuba 200682@gmail .com

  • Fakultet dekanatlari va kafedralar tomonidan oʼquv uslubiy ishlarining, oʼquv, namunaviy rejalarni bajarilishini nazorat qilish;
  • Oʼquv uslubiy ishlarning tuzilishini nazorat qilish;
  • Boʼlimda amalga oshirilayotgan oʼquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etish;
  • Fakultetlarda professor-oʼqituvchilar tomonidan oʼquv

mashgʼulotlarining oʼtkazilishini aks ettiruvchi qaydnomalarni, talabalar guruh jurnallari va oʼquv varaqalarini muntazam ravishda tekshirib borish;

  • Oʼquv mashgʼulotlari jadvali asosida oʼziga biriktirilgan kurs talabalarining davomatini nazorat qilish;
  • Kelish va ketish xujjatlarini rasmiylashtirish;
  • Boʼlimga kiruvchi va chiquvchi xat-xujjatlarning hisobini yuritish va roʼyxatdan oʼtkazish;
  • Boʼlim arxivi va kartotekasini yuritish;
  • Аkademiya va kafedralar boʼyicha shtat jadvalini tayyorlash;
  • Fanlar boʼyicha oʼquv yuklamalarini belgilash;
  • Oʼquv yuklamalari (2-shakl) bajarilishi monitoringini yuritish va tahlil qilish;

Bilishi kerak:

Oʼz faoliyatiga taalluqli Nizom, yoʼriqnomalar va meʼyoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, meʼyoriy hujjatlarini bilish.

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʼlish, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʼlishi;
  • Oliy maʼlumotga ega boʼlishi zarur;
  • Oʼz sohasiga tegishli masalalar boʼyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʼlishi zarur.

Bekmuratova Shoxida Toshboltaeva

Oʼquv uslubiy boʼlimi dispicheri

Tel: +998(93) 7999181

E-mail: sahinabekmuratova @gmail.com

  • Oʼz mexnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish;
  • Oʼquv rejalariga asosan dars jadvalini tuzish;
  • OTMda oʼtiladigan darslarni nazorat qilish;
  • Davomatni tekshirish;
  • Professor-oʼqituvchilar tomonidan oʼquv mashgʼulotlarini aks ettiruvchi qaydnomalarni, talabalar gurux jurnallari va oʼquv varaqalarini muntazam ravishda tekshirib borish;
  • Yangi qabul qilingan 1-kurs talabalariga reyting daftarchalari, talabalik biletlari tayyorlab berish va ularni universitet strukturasi bilan tanishtirishni tashkil qilish;
  • TTА Test markazida test nazoratlarining oʼtkazilishini nazorat qilish;
  • Meʼyoriy xujjatlar (oʼkituvchining shaxsiy ish rejasi, talabaning ukuv kartasi, talabaning reyting daftarchasi va x.k.) shaklini tayyorlash, bosmaxonaga buyurtma berish, ularning olinishini tashkillashtirish va tarkatish;

Bilishi kerak:

Oʼz faoliyatiga taalluqli Nizom, yoʼriqnomalar va meʼyoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, meʼyoriy hujjatlarini bilishi.

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʼlish, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʼlishi;
  • Oʼrta maxsus maʼlumotga ega boʼlishi;
  • Oʼz sohasiga tegishli masalalar boʼyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʼlishi zarur.

 

Shamsiddinova Shodiya Faxriddin qizi

Oʼquv uslubiy boʼlimi inspektori

Tel: +998(99) 4220227

E-mail:shodiya 9898@gmail.com

Boʼlim barcha hujjatlarni yuritish;

  • Boʼlim boshligʼining topshiriqlarini bajarish.
  • Buyruqlarni rasmiylashtirish, yigʼma jildlarga oʼtkazish;
  • Boʼlim xisobotini tayyorlash;
  • Аkademiya va rektorat kengash yigilishida muxokama kilish uchun materiallar tayyorlashda o’quv-uslubiy bo’lim mudiriga yordam berish;
  • Turdosh OTMlar vakillari bilan ishlash, ularga meʼriy xujjatlarni yetkazish;

Bilishi kerak : Oʼz faoliyatiga taalluqli Nizom, yoʼriqnomalar va meʼyoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, meʼyoriy hujjatlarini bilish.

Malaka talablari: Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʼlish, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʼlishi;

  • Oʼrta maʼlumotga ega boʼlishi;
  • Oʼz sohasiga tegishli masalalar boʼyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʼlishi zarur.

Mardonova Dildora Maxmadsodiq qizi

Oʼquv uslubiy boʼlimi ish yurituvchisi

Tel: +998(97) 3627812

E-mail: mardonova dildora @gmail .com

  • Yuqori organ va boʼlimlardan keladigan buyruq, farmoyish va xatlarni qabul qilib olish, roʼyxatdan oʼtkazish va qabul qilib oʼz boshligʼiga yetkazish;
  • Boʼlim yoki kafedraga tegishli boʼlgan hujjatlarni rasmiylashtirish xamda tegishli boʼlimlarga yetkazish;
  • Boʼlim yoki kafedraga tegishli boʼlgan hujjatlarni chop etish, koʼpaytirish va roʼyxatdan oʼtkazish;
  • Boʼlimga keluvchilarni roʼyxatdan oʼtkazish va murojaatnomalarni qabul qilish;
  • Oʼzi ishlayotgan boʼlimning sanitariya-gigiena holati va tozalikni saqlash.

Bilishi kerak:

Ish yuritishga oid nizomlar va yoʼriqnomalarni ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi hamda yongʼinga qarshi himoya qoidalari va meʼyorlarini bilishi.

Malaka talablari:

  • Kompyuterda ishlashni, yozishni, orfografiya qoidalari va tinish belgilarni, har xil hujjatlarni chop etish vaqtida materialni joylashtirish tartibini, namunaviy shakllardan foydalangan holda ishga oid xatlarni chop etish qoidalarini oʼzlashtirgan boʼlishi;


Ўқув-услубий бўлим

 

 


Бўлимнинг вазифалари:

  1. Ўқув жараёнига оид меъёрий ҳужжатларни сифатли тайёрланишини таъминлаш ва ўқув жараёнига тўлақонли тадбиқ этиш;
  2. Ўқув жараёнини сифатли ташкил қилиш, ўқув ишларини услубий жиҳатдан таъминлаш ва такомиллаштириш;
  3. Ўқув режасига Давлат таълим стандартларига мос равишда ўзгартиришлар киритиб бориш, турдош олий таълим муассасаларига амалий ёрдам кўрсатиш;
  4. ТТА Термиз  филиалида ўқув режаси ва дастурлар асосида ўқув-тарбия ишларини амалга ошириш;
  5. Ўқув йиллари учун ўқув жараёни жадвали, дарс жадвалларини тузиш;
  6. Ўқув жараёнига талабалар билимини баҳолаш ва назорат қилиш бўйича рейтинг тизимини, тест назорати ва бошқа ўқув жараёни сифатини оширувчи самарали, прогрессив усулларини тадбиқ этиш;
  7. ТТА Термиз  филиали ҳудудидаги ва жойлардаги кафедралар, аудитория фондлари ва маъруза залларидан тўғри фойдаланишни таъминлаш ва назорат қилиш;
  8. Талабаларнинг ўзлаштириши бўйича хулосалар чиқариш, жорий ўзлаштириш ва Якуний Давлат аттестацияси натижаларини тахлил қилиш ва улар асосида ТТА Термиз  филиали бўйича Илмий Кенгашга хисобот тайёрлаш;
  9. ТТА Термиз  филиали Илмий Кенгаши, маъмурият мажлислари, Илмий- услубий ҳайъатга ўқув ишлари бўйича маълумотлар ва қарорлар лойихасини тайёрлаш;
  10. Ўқув жараёнини ташкил этиш ва ўтказиш бўйича юқори турувчи ташкилотларнинг буйруқлари, қарорлари, йўриқ хат, кўрсатма ва тавсияларини ҳамда илмий ва маъмурият кенгаши карорларини, директор ва директор ўринбосарлари буйруқ, фармойиш ва жорий кўрсатмаларини деканат, кафедра ва ТТА Термиз  филиалининг бошқа бўлимларига етказиш ва ижросини назорат қилиш;
  11. Ўқув жараёни ва унинг моддий-техник базасини ривожлантириш бўйича таклифлар тайёрлашда иштирок этиш;
  12. Муддатли буюртмалар: профессор-ўқитувчи журнали, маърузаларни қайд этиш журнали, ўқитувчининг шахсий иш режаси, рейтинг дафтарчалари, талабалик гувохномаси ва ўқув бланкалари билан тегишли бўлимлар ва кафедраларни таъминланишини назорат қилиш;
  13. Кафедра ва факультетларда ўқув ишларига мутасаддилар билан ўқув жараёнига замонавий ахборот-компьютер ва янги педагогик технологияларни жорий этиш бўйича даврий равишда семинарлар, консультациялар ташкил этиш;
  14. Талабалар контингентини аниқлаш;

Деканатлар ва кафедраларнинг янги ўқув йилига тайёргарлигини назорат қилиш ва ҳ.к.

 

 

 


Барчаси: 2 та
Йил дастури
Card image cap

Сайтдан излаш
Рўйхатдан ўтиш
Ишонч телефони

(99876) 223-47-14

Ижтимоий тармоқлар
Кун фотоси
navroz
sport er
sport ayollar
TIJ