Kafedra to‘g‘risida ma'lumot

"Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi" Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining 1-o‘quv binosi 2 qavatida joylashgan bo‘lib, alohida kafedra sifatida "2-tibbiy fanlar kafedrasi"dan 2020 yilda ajralgan. 

Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasida jami 18 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib keladi.

Kafedrada "Anatomiya" fani 1- va 2- kurslar talabalari uchun, "Patologik anatomiya" 2- va 3-kurs talabalari uchun hamda "Klinik anatomiya" fani 3-kurs talabalari uchun o‘qitiladi.  

  Anatomiya va klinik anatomiya fani sog‘lom inson tanasi, a'zo va to‘qimalarining tuzilish qonuniyatlari, odam organizmining individual tuzilishi, yoshga qarab o‘zgarishi, jinsiy xususiyatlari, homila davrida bo‘ladigan o‘zgarishi (ontogenez), topografik munosabatlari, rentgenologik anatomiyasi, tug‘ma nuqson – anomaliya holatlari, tashqi muhit va mehnatning organizmga ta'sirini e'tiborga olgan xolda kompleks o‘rgatishga qaratilgan. Anatomiya fani tibbiyotning fundamental (klinik oldi) fanlaridan biri hisoblanib, patologik fiziologiya, klinik anatomiya va patologik anatomiya, shuningdek barcha mutaxasislik fanlarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega va  nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘laydi. Anatomiya fani dasturida  odam organizmi va a'zolarining sog‘lom sharoitdagi tuzilishini tizimli  o‘rganish va ularning vazifasi bilan uzviy bog‘liqligini (funksional anatomiya) ko‘zda tutadi, bu talabada klinik fikr yuritishni rivojlanishini ta'minlaydi. Klinik fanlarni talablaridan kelib chiqqan holda anatomiya fanini o‘rganishda ularning talablariga alohida e'tibor beriladi.

Anatomiya  va klinik anatomiya fani maqsadi – talabalarda odam organizmining tuzilishi, a'zo va to‘qimalarining funksional anatomiyasi, yoshga qarab o‘zgarishi haqida bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.

Anatomiya  va klinik anatomiya fani vazifalari talabalarga organizm tuzilishining shaxsiy va jinsiy tafovutlari, yoshga qarab o‘zgarishi, a'zolarning anatomo-topografik munosabatlarini, ularning rentgenoanatomiyasini, a'zolarning taraqqiyotida bo‘ladigan nuqsonlarini o‘rgatish.



Ma'naviy axloqiy ishlar

Ma'naviy axloqiy ishlar


Kafedrada faoliyat olib borayotgan prpfessor-o`qituvchilar.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan prpfessor-o`qituvchilar ro`yhati.


TALABALARGA

Talabalarga elektron o‘quv adabiyotlari

 


Barchasi: 5 ta
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

(99876) 223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
navroz
sport er
sport ayollar
TIJ