Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "3+3" qo'shma ta'lim dasturi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hamda Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "3+3" qo'shma ta'lim dasturi 1-bosqich imtihonlari natijasi chiqdi.

✅Eslatib o'tamiz, 2-bosqich test sinovlari davlat test markazi tomonidan o'tkaziladi. Unga ko'ra, chet tili (rus tili) bo'yicha kirish imtihonlarida to'plash mumkin bo'lgan maksimal ballning kamida 30 foizini to'plagan abiturientlar qo'shma ta'lim dasturi bo'yicha o'tkaziladigan tanlovda ishtirok etadi. Ya'ni, DTM tomonidan o'tkazilgan testdan 30% dan ortiq ball to'plagan nomzod, birinchi bosqichda to'plagan ballariga muvofiq yuqoridan pastga qarab 25 ta nomzod tanlab olinadi.

Muhim: yuqoridagi jadvalda 30% va undan ortiq ko'rsatkich qayd etgan nomzodlar 2-bosqich test sinovlariga qatnashish huquqiga egalar.

✍️DTM tomonidan test sinovlari o'tkazilish sanasi haqida rasmiy sahifalarimizda qo'shimcha ma'lum qilamiz.

Izoh: fanlar kesimida to'plangan ballar yahlitlangan.


Universitet o'rtasida qo'shma ta'lim dasturi asosida hujjatlar qabul

Diqqat!

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali va Volga ilmiy-tadqiqot tibbiyot universiteti o'rtasida qo'shma ta'lim dasturi asosida hujjatlar qabul qilish boshlandi!

"3 + 3" qo'shma o'quv dasturi (talaba 3 bosqichni TTA TFda + 3 bosqichni VITTU) bitiruvchilarga 2 ta diplom va xalqaro darajada ta'lim olish imkonini beradi. O'qitish shartnoma asosida to'lanadi.

Hujjatlarni topshirish uchun https://lka.pimunn.net/ havolasi orqali ro'yxatdan o'tiladi hamda shaxsiy kabinetga notarial tasdiqlangan pasport va attestat/diplomning nusxalari ilova qilinadi (portalda familiya, ism, otasining ismi pasportning notarial tasdiqlangan nusxasida yozilgandek ko'rinadi )

Hujjatlar 2021 yilning 23 avgustigacha qabul qilinadi.


Kirish imtihonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi :

1-bosqich. O'zbekiston Respublikasi hududida kirish imtihonlari Davlat test markazi tomonidan rus tili fanidan o'tkaziladi. (Rus tilini bilish darajasi kamida 30% bo'lishi kerak).

2-bosqich. TTA TF hududida, quyidagi fanlar bo'yicha onlayn tarzda o'tkaziladi:

 -biologiya;

 -kimyo;

 -Rus tili.

 Kirish imtihonlari 24-25-26-avgust sanalari oralig'ida bo'lib o'tadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali va Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti o'rtasida qo'shma ta'lim dasturi asosida hujjatlar qabul qilish 10 sentyabrgacha uzaytirildi!

Qo'shimcha ma'lumot uchun tel: + 99899-447-07-03, + 99897-773-33-70

Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz sh.
I. Karimov ko'chasi, 64 uy.

Порядок_приема_в_ФГБОУ_ВО_«ПИМУ»_Минздрава_России_ПИМУ


XORIJIY ABITIRUYENTLAR DIQQATIGA!

http://ttatf.uz/photos/38/0255ba60b8f95d33c2c2c5f6c1ed76f6aaaaaaaa.jpg

 

Xorijiy abiturientlar uchun

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida xorijiy mamlakatlarning fuqarolari istalgan yoʼnalishlarini tanlab taxsil olishlari mumkin.

TTА Termiz filiali talabasi boʼlish uchun siz ogʼzaki imtixon suhbatidan oʼtishingiz kerak.

Suhbatda qatnashish uchun sizdan quyidagi hujjatlarni topshirish talab etiladi:

– TTА Termiz filiali direktori nomiga siz tanlagan yoʼnalish, oʼqish tili koʼrsatilgan ariza;

– siz bilan bogʼlanish uchun aloqa maʼlumotlari: yashash manzilingiz va telefon raqamlari (murojaat etuvchilarning ota-onalarining telefon raqamlari bilan);

– Аttestat yeki diplom asl nusxasi va nusxasi va ular bilan birga olingan baxolar (ilovasi bilan) rus yoki oʼzbek tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan;

– milliy va chet el pasporti (nusxalari bilan) yoki tugʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnoma (agar yashash huquqingiz boʼlsa, siz shuningdek uning nusxasini taqdim etishingiz kerak);

– 3,5 x 4,5 sm oʼlchamdagi 6 ta fotosurat.

Yuqoridagi barcha hujjatlar onlayn tarzda topshirilishi mumkin!

Ushbu hujjatlarning elektron shaklda pochta orqali termiz@tma.uz manziliga yuboriladi

Koʼp beriladigan beriladigan savollarga (oʼzbek, rus, turkman, tojik va ingliz tillarida) javoblarni bu yerda topish mumkin. 

Qoʼshimcha savollar uchun +998 95 5012118

+ 998 76 2234714

Murojaat qilishingizni soʼraymiz 

 

 


Barchasi: 3 ta
Yil dasturi
Card image cap

Saytdan izlash
Ro`yxatdan o`tish
Ishonch telefoni

(99876) 223-47-14

Ijtimoiy tarmoqlar
Kun fotosi
navroz
sport er
sport ayollar
TIJ