You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hamda Hindiston davlati «Madanta» shifoxonasi bilan 5 yillik muddatga hamkorlik memorandumi imzolandi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hamda Hindiston davlati «Madanta» shifoxonasi bilan 5 yillik muddatga hamkorlik memorandumi imzolandi.

   Termiz shahridagi Mashhura klinikasi qoshida joylashgan Xirurgik kasalliklar va UASH xirurgiyasi kafedrasining ochilish marosimida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini belgilovchi memorandum imzolandi.

   Shartnomada Hindiston shifokorlari tomonidan o‘zbekistonlik bemorlarni davolashda onlayn konsultatsiya uchun qulay sharoitlarni yaratish, bemorlar uchun viza rasmiylashtirish hamda turar-joy va tarjimon xizmati bilan ta’minlash uchun ko‘maklashish masalalari ham ko‘rsatib o‘tildi.

   Shuningdek, uchrashuvda TTATF shifokor va o‘qituvchilarining tajriba almashishi, malaka oshirish kurslariga yuborilishi hamda hindistonlik mutaxassislar bilan birgalikda jarrohlik amalyotlarini amalga oshirishga kelishib olindi.