“Startap loyihalarini tanlab olish va moliyalashtirish tanlovida ishtirok etish uchun

                                                                                               ARIZA

 

    Men, F.I.Sh. (loyiha mavzusi) bo‘yicha tayyorlangan loyiha asosida  “Startap” loyihalar tanlovi doirasida ishtirok etish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 133-son qarori  bilan tasdiqlangan “Startap loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan tanlov shartlarini o‘qib chiqdim va qabul qildim.

     Ushbu arizada ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlarni taqdim etilgan vaqtda to‘g‘ri
va dolzarb ekanligini hamda loyiha bundan avval moliyalashtirilmaganligini tasdiqlayman. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligining tanlov g‘oliblarini aniqlash to‘g‘risidagi qarorining yakuniyligi va qaror yuzasidan e’tirozim yo‘qligini ma’lum qilaman.

 

                        Sana ________________

                        Imzo ________________

Loyihaning biznes-rejasi

  1. Rezyume (Loyihaning nomi, loyihani amalga oshiradigan tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli, loyihani amalga oshirish joyi, loyiha uchun zarur moliyaviy resurslar summasi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ularning bozori (talab va taklif) haqida ma’lumotlar.
  2. Loyihaning barcha ijrochilari haqida ma’lumot (to‘liq holda ismi-sharifi; tug‘ilgan sanasi; aloqa uchun ma’lumotlar; mutaxassisligi
  3. va loyihadagi o‘rni; loyihani amalga oshirish uchun loyiha ishtirokchilarida kerakli bilim va ko‘nikmalar mavjudligini tavsif etish; ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari agar mavjud bo‘lsa).
  4. Biznes-loyiha haqida ma’lumot (amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning mohiyati tavsifi, yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qo‘llanilishi, ko‘lami va tez o‘sish sur’ati haqida ma’lumotlar; avval qo‘llanilmagan texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkil etish prinsiplari yoki avval ishlab chiqarilmagan mahsulotning yangi qo‘llanilish darajasi; loyihaning investitsiyaviy jozibadorligi — qo‘shimcha daromad keltiradigan hamda uni amalga oshirishda investitsiyalar xavfini kamaytiradigan qulay investitsion va innovatsion sharoitlar va afzalliklari; intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqning muhofazalanganligi — muhofaza hujjatlari, va/yoki ilmiy-texnik hujjatlarning to‘liq komplekti va/yoki mahsulotning (texnologiyaning) texnik reglamenti, sinov o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar yoki mahsulotning tajriba nusxasi mavjudligi; loyihaning resurs bilan ta’minlanganligi — loyihani texnik amalga oshirish imkoniyatlari (moddiy-texnik baza, xodimlar, muhofaza hujjatlari mavjudligi
  5. va boshqalar); loyiha uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosadigan ilmiy hajmdor mahsulotlarni olishni tashkil qilish istiqbollari haqida ma’lumotlar).
  6. Marketing tahlili (mahsulot va xizmatlar bozori, ularning raqobatbardoshligi
  7. va bozordagi mavjud raqobatchilar hamda iste’molchilar haqida ma’lumotlar tahlilini o‘z ichiga olishi lozim. Mazkur ma’lumotlar sotish, marketing dasturini ishlab chiqish hamda barcha xarajatlarni rejalashtirish uchun yetarli darajada bo‘lishi lozim).
  8. Marketing strategiyasi (kompaniyaning marketing strategiyasi hamda savdo dasturidan kelib chiqib, marketing rivojlanish rejasi, va uslubini qamrab olishi zarur).
  9. Ishlab chiqarish va logistika dasturi (asosiy resurslarni sotib olish, asosiy ishlab chiqarish jarayoni, saqlash, tashish va h.k.) bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi).
  10. Loyihaning xarajatlar smetasi ( xarajatlar smetasi loyihaning umumiy muddatiga to‘ldirilishi va xarajatlarni asoslovchi hisob-kitoblar (jadvallar) ilova qilinishi shart. Agar birgalikda moliyalashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, birgalikda moliyalashtirish xarajatlari tarkibi moliyalashtirish manbasiga nisbatan alohida ko‘rsatilishi lozim.)