Tilovmurodova Anorxol Panjiyevna

Talabalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  «Yoshlarning Tadbirkorlik faoliyatini  qo‘llab-quvvatlash  va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid chora-tadbirlar to‘g’risida» 2021 yil 20 apreldagi PF-6208-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining  2021 yil  24 setyabrdagi  605-son qaroriga asosan Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi tashkil etilgan.

     Bo‘lim Oliy taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Bo‘lim talabalar turar joyi va ijara shartnomasi asosida yashayotgan talabalarni turar joy bilan taʼminlash maqsadida fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari, ichki ishlar, soliq idoralari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, axborot va tajriba almashish, o‘zaro manfaatli kelishuv aʼloqalarini yo‘lga qo‘yish.

    Bo‘limning faoliyat samaradorligini nazorat qilish direktor zimmasiga, uning faoliyatiga javobgarlik Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari zimmasiga yuklatiladi. Bo‘limga tegishli faoliyat yuzasidan fakultetlar dekanlari hamkorlik olib borishi shart.

  Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limining vazifalari

  Filial talaba-yoshlarini turar joy bilan taʼminlash, soha bilan bog‘liq ishlarni tashkillashtirish. Shu bilan birgalikda ijarada yashayotgan talabalarni muammolarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatish.

     Ijara shartnomasi asosida yashayotgan talabalarning maʼlumotlar blankini yaratish va davriy ravishda yangilab borish;

      Talaba-yoshlarni turar joy bilan taʼminlashda ota-onalar va mahallalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni kuchaytirish;

    Fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar bilan hamkorlikda ijara huquqida yashaydigan talabalarga ijara shartnomalarini tuzish ishlarini tashkillashtirish

         Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga ijara pulini to‘lab berish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatis