Filialda bugungi kunda 2 ta talabalar turar joylari faoliyat ko‘rsatmoqda.               

   1 va 2-son talabalar turar joyi Termiz shahri I.Karimov ko‘chasi 64-uyda joylashgan. Filialda 2 ta talabalar turar joylari 580 o‘ringa mo‘ljallangan.

 Ushbu talabalar turar joylarida filialda tahsil olayotgan talabalar, Hindiston Respublikasidan kelib o‘qiyotgan talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib mazkur joylar zamon talablari darajasiga keltirilgan.

   Talabalar turar joylarida filial kutubxonasining filiallari tashkil qilingan bo‘lib 1500 dan ortiq tegishli adabiyotlar bilan boyitilgan. Talabalar turar joylarida yashayotgan barcha talabalar mazkur kutubxonalarga aʼzo bo‘lishadi.

   Turar joylarda talabalarning maishiy sharoitlarini yaxshilash hamda madaniy dam olishlari uchun har qaysi qavatlarga muzlatgichlar, televizorlar qo‘yilgan va barcha xonalar yangi yumshoq va qattiq mebellar bilan taʼminlangan.

   Talabalar turar joylarni muntazam ravishda issiqlik bilan taʼminlash maqsadida zamonaviy isitish tizimi o‘rnatilgan. Talabalar uchun barcha qavatlarda dush, kir yuvish xonalari mavjud. Qavatlarda zamonaviy kir yuvish mashinalari va oshxonalarga gaz plitalar o‘rnatilgan.

     Turar joylarda talabalarning dars tayyorlashlari so‘nggi modeldagi kompyuter xonalari mavjud bo‘lib WI-FI hamda internet tarmog‘iga ulangan.

  Talabalar turar joylarida talabalarni darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishi uchun har birida alohida “Ma’naviyat xonasi” tashkil qilinib, ular tegish jihozlar va ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlangan.

    Talabalar turar joylari ma’naviyat xonalarida filial yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti, xotin-qizlar maslahat kengashi, fakultetlar va kafedralar tomonidan turli mavzularda tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilib kelinadi.