«Patologik anatomiyasi, sud tibbiyoti huquqi» kafedrasi haqida ma’lumot

       “Patologik anatomiya, sud tibbiyoti, tibbiyot huquqi” kafedrasi 2022-yil 05-sentabrda tashkil topgan. Patologik anatomiya, sud tibbiyoti, tibbiyot huquqi kafedrasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 1-son davolash fakultetining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, unda patologik anatomiya, bioetika, sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi fanlari bo‘yicha o‘quv- uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlari shuningdek ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Kafedra tarkibi filial o‘quv bo‘limi tomonidan tasdiqlanadigan ishchi o‘quv dasturida belgilangan fanlar o‘quv yuklamalari hisobidan shtat meʼyorlari asosida shakllantiriladi.

    Kafedra barcha o‘quv shakllari bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining DTS (Davlat taʼalim standart)lariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarida belgilangan:

  • Maʼruzalar;
  • Amaliy mashg‘ulotlar;
  • Laboratoriyalar va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy, uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
  • Talabalarning Malakaviyamaliyotiga, kurs loyihalariga, bitiruv Malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish, talabalar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
  • Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;
  • Darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy va metodik ko‘rsatmalarni tayyorlash;
  • Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash;
  • Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yichaDTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning taʼlim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
  • Belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etish hamda ularning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalarbilan ishtirok etishni taʼminlash;
  • Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokamadan o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish talim fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taʼminlash, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali bitiruvchilari va mazkur kafedrada stajor-tadqiqotchi-izlanuvchani o‘taganlar monitoringini olib borish hamda ular bilan muntazam aloqalarni tashkil etish vazifalarini bajaradi.

                                                                     Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

          Patologik anatomiya (2-3-kurslari uchun davolash, pediatriya ishi va xalq tabobati), bioetika (1-kurslari uchun davolash, pediatriya ishi va xalq tabobati), sud tibbiyoti (4-kurslari uchun davolash va pediatriya ishi), tibbiyot huquqi (6-kurslari uchun davolash va pediatriya ishi), seksion kurs (5-kurslari uchun davolash va pediatriya ishi).

                                                              Kafedraning o‘quv-amaliyot bazalari:

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 1-o‘quv binosi 2-qavat. Viloyat sud tibbiy ekspertizasi va viloyat Patanatomiya byurosi.

«Patologik anatomiyasi, sud tibbiyoti huquqi»  kafedrasining  ilmiy ishlari.

«Patologik anatomiyasi, sud tibbiyoti huquqi» kafedrasining yutuqlari

       Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali “Patologik anatomiya sud tibbiyoti tibbiyot huquqi” kafedrasi dotsenti t.f.n. Nuritov Nurpullo Rajapovich kafedraning o‘quv-uslubiy, ilmiy, manaviy – ma’rifiy hamda uztoz shogird ishlariga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelmoqda.

       O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan  dotsenti t.f.n. Nuritov Nurpullo Rajapovich «O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kuni» munosabati bilan hamda fidokorona mehnatlari uchun «Sogliqni Saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan  taqdirlandi. 

 

          Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali «Patologik anatomiya sud tibbiyoti tibbiyot huquqi» kafedrasi mudiri PhD,  Babadjanova Shoira O‘tkirovna kafedraning o‘quv-uslubiy, ilmiy, manaviy – ma’rifiy hamda uztoz shogird ishlariga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelmoqda.

     O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan  Babadjanova Shoira O‘tkirovna «O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kuni» munosabati bilan hamda fidokorona mehnatlari uchun «Sogliqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan  taqdirlandi.

«Patologik anatomiyasi, sud tibbiyoti huquqi»   kafedrasining  ma’sullari 

«Patologik anatomiyasi, sud tibbiyoti huquqi»   kafedrasining  ma’naviy-ma’rifiy ishlari

«Patologik anatomiyasi, sud tibbiyoti huquqi»  kafedrasida o‘tiladigan to‘garaklar

 Kafedra jamoasi

BABADJANOVA SHOIRA UTKIROVNA

Kafedra mudiri
PhD
Telefon: +998-90-964-86-90

NURITOV
NURPULLO RAJAPOVICH

Assistent
Telefon: +998-94-664-30-99

QAHHOROV NAVRO‘ZBEK ZIYOQULOVICH

Assistent
Telefon: +998-91-807-91-91

MUHAMMADIYEV FAZLIDDIN NURISLOMOVICH

Assistent
Telefon: +998-97-534-37-73

KURMASHEVA
JAMILA
KOMILOVNA

Assistent
Telefon: +998-90-906-29-18

XALMATOVA KARAMAT ISKANDAROVNA

Assistent
Telefon: +998-91-587-80-22

SAG‘DULLAYEV NARZULLO NORKELDI O‘G‘LI

Assistent
Telefon: +998-99-592-69-79

ASHUROVA
NILUFAR DILSHODBEKOVNA

Assistent
Telefon: +998-90-906-29-18

ABDUSALIMOV SHAVKAT QURBONMURATOVICH

Assistent
Telefon: +998-91-587-80-22

SHERDANAQULOV ADHAM
SHARAPOVICH

Assistent
Telefon: +998-90-565-28-28

XAITMURADOVA GULNORA DAVLATMURODOVNA

Xona mudiri
Telefon: +998-91-587-80-22