Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hamda Rossiya Federatsiyasining Privoljsk ilmiy tadqiqot tibbiyot universiteti bilan “3+3” shaklida qo‘shma ta’lim dasturi haqida

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyul “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturi asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 421-sonli qarori ilovasi bilan tasdiqlangan nizomiga muvofiq    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Qo‘shma ta’lim dasturlari faoliyatini tashkil ettirish bo‘limi” negizida “Qo‘shma ta’lim fakulteti” tashkil qilindi. Qo‘shma ta’lim fakulteti filial fakultetlari ichidagi eng yosh fakultet bo‘lib Qo‘shma dasturlar asosida faoliyat yurituvchi yagona fakultetdir. O‘zbekistonni Janubiy va Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bilan bog‘laydigan Qo‘shma ta’lim fakulteti talabalarga mintaqadagi eng yuqori darajadagi oliy ta’lim muassasida o‘qish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. 
   Biz o‘z ta’lim tizimimiz orqali bilimlarni, chuqur tadqiqotlar va akademik mahoratni butun mintaqaga yoyishga intilamiz. Asosiy binosi Termiz shahrida joylashgan Qo‘shma ta’lim fakulteti negizida 26 ta akademik bo‘limlar – fundamental fanlar va kasalxonalardagi klinik bazalar bilan shartnomalari mavjud. Bundan tashqari, biz talabalarimizni qo‘shma dastur asosida sifatli ta’lim va amaliy ko‘nikmalarni to‘liq olishini ta’minlaymiz.
   Bugungi kunda ushbu qo‘shma ta’lim dasturi asosida davolash ishi va pediatriya yo‘nalishlarida 75 nafar talaba tahsil olmoqda.