TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TERMIZ FILIALI (TTATF)

USTAVI

TOSHKENT  –  2018 yil

Umumiy qoidalar

  1. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali keyingi o‘rinlarda TTA Termiz filiali deb yuritiladi.

TTA Termiz filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-yanvardagi -sonli Farmoni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018-yil 20-yanvardagi -sonli Qarori bilan tashkil qilingan va Toshkent tibbiyot akademiyasining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.

  1. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali davlat oliy ta’lim muassasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha ta’lim Dasturlarini bajarish bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv-pedagogik va ilmiy-metodik, hamda boshqa faoliyatni amalga oshiradi va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi.
  2. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va mazkur Ustavga amal qiladi.
  3. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali yuridik shaxs xisoblanadi. Operativ boshqaruvida o‘ziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo‘yicha o‘z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o‘z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.

Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa shu jumladan valyuta bo‘yicha hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muxrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali joylashgan manzil:

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi 64-uy;

TTA Termiz filiali bank rekvizitlari:

Moliya Vazirligi G‘aznachiligi G‘azna x/v: 23402000400100001006

Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi XKKM

MFO: 00014 INN: 202629404

SHXR: budjet 1000103340120505447001

Budjetdan tashqari mablag‘lar x/r: 4009103340195005430001

Rivojlantirish jamg‘armasi x/r: 4001103340195005410001

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi rasmiy to‘lik (qiska) nomi:

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali – TTA Termiz filiali;

Термезский филиал Ташкентской медитсинской академии – Термезский филиал TMA; Tashkent medical academy Termez branch – TMA Termez branch

Yakuniy qoidalar

  1. TTA Termiz filiali O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilarga javob beradi:
  2. -uning vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarmaganligi;
  3. – ta’lim jarayonida o‘quv reja va jadvallarga muvofiq ta’lim dasturlari hajmini to‘liq bajarmaganligi;
  4. – ta’lim jarayoni vaqtida oliy ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilar va xodimlarining hayoti va sog‘ligi;
  5. – ta’lim oluvchilar va oliy ta’lim muassasasi xodimlarining xuquq va erkinliklarining buzilganligi;
  6. -O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hatti-harakatlar.
  7. TTA Termiz filiali O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida qayta tashkil qilinishi yoki tugatilishi mumkin.
  8. TTA Termiz filiali Ustavi oliy ta’lim muassasasining namunaviy Ustavida belgilangan tavsiyalarni inobatga olgan xolda ishlab chiqildi.
  9. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tomonidan ishlab chiqilgan Ustav Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori tomonidan tasdiklanib, o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va kuchga kiritiladi.
  10. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Ustaviga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
  11. To’liq matinni bu yerda yuklab olishingiz mumkin.