Ergashev Mansur Abdukarim o'g'li

Filial kengash kotibi

Email:

ergashevmansur@gmail.com

Telefon raqam:

+998977051009

Har oyda o‘tkaziladigan Oliy ta’lim muassasasi Kengash majlisining ish rejasi bo‘yicha tegishli sohalar mas’ullariga qaror loyihalarini tayyorlash bo‘yicha xabar berish va uni nazorat qilib borish

    Oliy taʼlim muassasasi Kengash aʼzolarini Kengash yig‘ilishida ishtirokini taʼminlash va ularga majlis kuni hamda vaqti haqida xabar berish;-Kengash qarorlari loyihasini masʼullardan o‘z vaqtida olish va ularni rasmiylashtirish;-Kengash qarorlari loyihasi rasmiylashtirilib, tayyor bo‘lgach barcha kengash aʼzolariga tarqatish;-Kengash qarorlari ijrosi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;-Kengash qarorlari loyihasini masʼullar tomonidan bajarilmagan taqdirda yozma yoki og‘zaki ravishda Kengash raisiga hisobot berish;-Kengash qarorlarini bayonnoma bilan rasmiylashtirish. Bayonnomalarni Kengashning raisi va kengash kotibi tomonidan imzolab tasdiqlanishini taʼminlash;-Kengash tasdig‘idan o‘tgan barcha Oliy taʼlim muassasasi hujjatlarining bayonnomadan ko‘chirmasini tasdiqlab berish;-Kengash qaroriga muvofiq professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlash uchun taqdim etish hamda hujjatlarni Oliy attestatsiya komissiyasiga jo‘natish;-Kengash muhokamasidan o‘tgan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyasi mavzulariga bayonnomadan ko‘chirmani tasdiqlash;-Kafedra mudiri, professor va dotsent lavozimlariga kafedralar bo‘yicha vakant lavozimlarga yopiq ovoz berish yo‘li bilan tanlov o‘tkazib, rasmiylashtirish;-Professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlar ro‘yxatini tasdiqlab berish;-Har o‘quv yili oxirida Kengash bayonnomalarining yig‘ma jildini arxivga topshirish;-Kengash ish rejasi Kengash aʼzolari tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori tomonidan tasdiqlatish;-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi Hayʼati Qarorlari hamda buyruqlari asosida ish rejasiga o‘zgartirishlar kiritish;-Kengash yig‘ma jildlar nomenklaturasini doimiy tarzda yuritish va barcha hujjatlar monitoringini amalga oshirish.      

                                                       Istiqboldagi rejalar:   

    Kengash tomonidan OTM Kengashning 2019-2020 yilga mo‘ljallangan ish rejasida ko‘rsatilgan kelgusidagi 11 ta Kengash yig‘ilishini o‘tkazish va Kengashda ko‘tarilgan masalalarni bayonlashtirish.  Filialda Kengash qaroriga muvofiq professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko‘rib chiqib va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlash uchun taqdim etish hamda hujjatlarni Oliy attestatsiya komissiyasiga jo‘natish.   O‘quv yili davomida yo‘riqnomada Kengash kotibi bajarishi lozim bo‘lgan barcha vazifalarni amalga oshirish.