Chet el talabalari turar joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

    Filialda jami 580 o‘ringa mo‘ljallangan 2 ta talabalar turar joylari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

  Bugungi kunga kelib Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida Hindiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Afg‘oniston Respublikasidan talabalar tahsil olib kelmoqda.

   Hozirda ularning soni 200 ta bo‘lib shulardan 187 tasi filialida Hindiston Respublikasidan, 8 tasi Tojikiston Respublikasidan va 5tasi Afg‘oniston Respublikasidan.
         Ushbu talabalar filialning 1-son talabalar turar joylarida joylashtirilgan.
   1-son talabalar turar joyi I.Karimov ko‘chasi 64-uyda joylashgan.
   Talabalar turar joyida xorijiy talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib, mazkur TTJ zamon talablari darajasiga keltirilgan.
  Filial talabalar turar joylaridagi «Maʼnaviyat va maʼrifat» xonalari yuqori saviyada jihozlangan, qattiq va yumshoq mebellar qo‘yilgan, gilamlar to‘shalgan.
  Talabalar turar joylarida filial kutubxonasi filiallari tashkil qilingan bo‘lib 1000 dan ortiq tegishli adabiyotlar bilan boyitilgan. Talabalar turar joylarida yashayotgan barcha talabalar mazkur kutubxonalarga aʼzo bo‘lishgan.
  Turar joylarda talabalarning madaniy dam olishlari uchun barcha qavatlarga televizorlar qo‘yilgan va barcha xonalar yangi yumshoq mebellar bilan taʼminlangan. Talabalar uchun barcha qavatlarda yuvinish xonalari mavjud va ular issiq suv bilan taʼminlangan. Muntazam ravishda issiqlik bilan taʼminlash maqsadida zamonaviy isitish tizimlari o‘rnatilgan. Talabalar turar joylarida dars tayyorlashlari uchun so‘nggi modeldagi kompyuterlar bilan ta’minlangan bo‘lib, yuqori tezlikdagi WI-FI orqali internet tarmog‘iga ulangan.