Yuqori malakali kadrlar tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga, hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi va 2017 yil 22 maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorlariga muvofiq quyidagi Nizomlar asosida amalga oshiriladi:

ILMIY DARAJALAR BERUVCHI ILMIY KENGASH TO‘GʻRISIDAGI NIZOM

ILMIY DARAJALAR BERISH TARTIBI TO‘GʻRISIDAGI NIZOM

 ILMIY UNVONLAR BERISH TARTIBI TO‘GʻRISIDAGI NIZOM

MALAKAVIY IMTIHONLARNI O‘TKAZISH TARTIBI TO‘GʻRISIDAGI NIZOM

EKSPERT KENGASHI TO‘GʻRISIDAGI NIZOM

        Ilmiy tadqiqotlarni olib borish va dissertasiya ishini himoya qilish oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institularida tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik instituti shaklida olib boriladi.

       Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim institularida o‘qish uch yilgacha davom ettiriladi.