Sariyeva Salomat

Xodimlar bo'limi boshlig'i

Email:

SalomatSariyeva@gmail.com

Telefon raqam:

+99893697798

      

          Kadrlar bo‘limining asosiy vazifalari va majburiyatlari quyidagilardan iborat:

-filialning bo‘limlari, fakultetlar va kafedralarning mehnat resuslari son va tarkibini o‘rganadi hamda uni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
-filial pedagogik xodimlarini konkurs asosida ishga qabul qilish to‘g‘risida e’lon berish uchun zarur bo‘lgan xujjatlarni tayyorlaydi, shuningdek bo‘sh ish joylari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plashni va tahlil etilishini hamda ro‘znomada e’lon qilinishini tashkil qiladi;
-kadrlar sifat tarkibi (xodimlarning ma’lumot darajasi, ish staji, tajribasi va yoshi) ni o‘rganib chiqish, asosiy uchastkalar- kafedra va bo‘limlarni yukori malakali, yetarli kasbiy tajribaga ega, zamon talablariga javob bera oladigan, jamoani orqasidan ergashtira oladigan, ularni tarbiyalab borishga qurbi yetadigan xodimlar bilan ta’minlash. Xodimlarni ish faoliyatini o‘rganib borib va ularni kasbiy jixatdan o‘sishga e’tibor beradi hamda bosqichma-bosqich lavozimlarga tayinlab boradi;