You are currently viewing Referendumga tayyorgarlik

Referendumga tayyorgarlik

   Xabaringiz bor, joriy yilning 30-aprelida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea boʻlib oʻtadi. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendumida ovozga qoʻyiladi.

   Shu munosabat bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o’qituvchilari hamda yuqori malakali ekspertlari Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi muassasa va tashkilotlarda targ’ibot ishlari olib borilmoqda.

   Mazkur tadbirda davlatimiz tomonidan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga o‘z faoliyatlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligini e’tirof etdilar.

   Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi, bu siyosiy tadbir – referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi hamda referendum o‘tkazish tartiblari haqida tushunchalar berildi.