You are currently viewing Ayni kunlarda, Respublikamiz bo‘ylab “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni kunlarda, Respublikamiz bo‘ylab “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

      Shunday tadbirlarning navbatdagisi bugun Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xodimlari, talabalari faol ishtirok etdi.

   Tadbir davomida estrada yulduzlari o‘zlarining dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarni xushnud etdi.

     Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanayotgan Konstitutsiyamizda yoshlar huquqi, manfaatlari, shuningdek, inson  jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik asoslari mustahkamlanayotgani haqida atroflicha so‘z yuritildi.

   30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendum hamda Konstitutsiyani yangilashdan maqsad yuzasidan ishtirokchilarga  tushuntirishlar berildi.